Uzbekistan Airports yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zali yonidagi P2 va P3 avtoturargohlarida ikkita yangi hudud qurishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi. Aviakompaniya axborot xizmatining ma’lum qilishicha, qurilish ishlari boshlandi.
Xabarga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi. Rejalashtirilgan ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon o‘rniga quriladi. Qurilish ishlari mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari munosabati bilan terminal oldidagi to‘siqdan yashil hududgacha bo‘lgan hudud banner bilan o‘rab qo‘yilgan. Yo‘lovchilarning shaharga chiqishi vaqtincha P2 avtoturargohi orqali (ketish va kelish terminallari o‘rtasida) amalga oshiriladi.
Izoh (0)