• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bankirlarga aldandim”. Mashinaga pul to‘lab, ololmayotgan mijoz hasrati

    Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashovchi fermer Bekzod Farmonov yaxshi niyat bilan hosilidan orttirgan mablag‘iga yangi mashina xarid qilmoqchi bo‘ladi. Shu maqsadda avtosalonga borib, besh-olti oydan so‘ng chiquvchi qimmat avtomobillardan biriga to‘lov qiladi. Biroq fermer mashina pulini to‘lasa-da, besh-olti oydan so‘ng mashina minish orzusi amalga oshmaydi. Nega deysizmi? Bank xodimining aybi bilan fermer to‘lagan pul avtosalon hisob raqamiga tushmaydi. Fermer bu haqdagi hasratlarini “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida gapirib berdi.

    “2022-yilning iyul oyida ‘Aloqabank’ning Qashqadaryo viloyati filiali orqali Gentra avtomobili uchun to‘lovni amalga oshirdim. Bank orqali birinchi plastik kartochkamdan 65 million, ikkinchisidan esa 12 million so‘m pul to‘ladim. Bank xodimi to‘lovlar bo‘lgani haqidagi maʼlumotnomalarni qo‘limga tutqazib, pul so‘ralgan joyga o‘tkazilganini aytdi. Xursand bo‘lib uyga qaytdim. Oradan uch oy o‘tgach, avtosalonga borib, mashinam qachon chiqishini, qolgan 50 foiz to‘lovlarni qachon to‘lashim kerakligi haqida maʼlumot olmoqchi bo‘ldim. Avtosalon xodimlari esa ularga mening hisobimdan hech qanday pul tushmaganini, shartnomaning 7 kunlik muddati o‘tib ketgani bois shartnoma bekor bo‘lganini aytishdi. Bankka kelib, vaziyatga oydinlik kiritsam, bank xodimining aybi bilan men o‘z vaqtida to‘lagan pulim avtosalon hisob raqamiga tushmay, bankda qolib ketgan”, — deydi murojaatchi fermer Bekzod Farmonov.

    Bekzod Farmonov.
    Foto: “Daryo”

    Yangi mashina minish orzusida yurgan fermerning aytishicha, mazkur muammo yuzaga kelgach, u bank rahbariyatiga shikoyat qilgan.

    “Bu muammoni bilganimdan so‘ng bank rahbariga kirdim. Bank boshlig‘i Alisher aka muammo xodimining aybi bilan yuzaga kelganini, muammoni yechish uchun avtosalon rahbari bilan gaplashib, 2022-yilning dekabr oyida menga yangi Gentra avtomobilini olib berishini aytdi. Va o‘zlarining aybi bilan bekor bo‘lgan shartnoma o‘rniga yangi shartnoma tuzishdi. Yangi shartnomada mashinaning salondan chiqish muddati 2023-yil oktabr etib ko‘rsatilayotganini, men o‘z vaqtida pul to‘laganimni, shu sabab 2022-yilning dekabr oyida yangi mashina olishim kerakligini aytdim. Ular shartnoma shunchaki ekanini, menga vaʼda qilingan 2022-yilning dekabr oyida yangi mashina olib chiqib berishlarini aytishdi. Men ularga ishondim va ular aytgandek boshqa shartnoma tuzdim”, — deydi fermer.

    Bekzod Farmonovning aytishicha, 2022-yilning dekabr oyida bank rahbari va avtosalon masʼuli uni chaqirib, “mashinangiz zavoddan chiqib, avtosalonga keldi, mana bu mashina sizniki”, deb unga yangi mashina ko‘rsatgan. Ammo ko‘p o‘tmay bu yolg‘on bo‘lib chiqqan.

    “Meni chaqirib, mana bu yangi mashina sizniki, arzimas muammosi qoldi deyishgach, men avtomobil to‘lovining qolgan qismini ham to‘lab, mashinaning to‘liq pulini to‘ladim. Lekin 2022-yilning dekabr oyi u yoqda tursin, 2023-yilning fevral oyida ham mashinadan darak yo‘q. Bank rahbariga nega meni aldadingiz desam, avtosalon boshlig‘iga ishongandim, u ham bizni aldadi deyapti. Avtosalon boshlig‘i esa bu haqda gap bo‘lmagan deyapti. Xullas, avtomobil pulini to‘liq to‘lab qo‘ygan bo‘lsam-da, ololmay sarsonman”, — deydi yangi mashina minishga ishtiyoqmand fermer.

    “Daryo” mazkur holat yuzasidan “Aloqabank”ning Qashqadaryo viloyati filali masʼuli Alisher Mirzayev bilan ikki marotaba — 2022-yilning sentabr, 2023-yilning fevral oylarida muloqot qildi. Dastlabki muloqotda masʼul haqiqatdan ham bank xodimlarining xatosi sabab muammo yuzaga kelganini, biroq, mijoz bilan kelishganini va aytilgan muddatda muammoni yechishi haqida maʼlum qilgandi. 2023-yilning fevral oyidagi takroriy muloqotda esa muammoni hal etish kechikkanini, buni OAVda yoritib jamoatchilikni bundan boxabar qilish kerakmasligini aytdi. Shuningdek, u fermerga bergan vaʼdasini 2023-yilning 28-fevral kuni bajarishini maʼlum qildi. Ammo fermerning tahririyatga taqdim qilgan audioyozuvida bank boshlig‘i mijoziga muammoni hal etish qo‘lidan kelmaganini, bu haqda bemalol tegishli joylarga, xususan sudga ham murojaat qilishi mumkinligini taʼkidlagan.

    Tahririyat bankirlar aybi sabab yuzaga kelgan muammodan AT “Aloqabank”ning respublikadagi masʼullarini ham boxabar qildi. “Daryo” jurnalisti bilan muloqot qilgan bank axborot xizmati rahbari Zuhra Yunusova muammo tez orada o‘rganilishini, xatoga yo‘l qo‘ygan bank masʼullariga tegishli chora ko‘rilishini, shuningdek, bank mijozining muammosi hal etilishini bildirdi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    23.02.2023, 19:54   Izoh (0)   12297
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nukusda 2 yoshli bola o‘simliklar uchun ishlatiladigan doridan zaharlanib vafot etdi

    23.02.2023, 19:40

    “Tibbiyot va sanitariya xodimlari qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi” — SES vabo kasalligi tarqalishi bilan bog‘liq holat yuzasidan izoh berdi

    23.02.2023, 19:32

    O‘zbekistonda 2022-yilda xalqaro yo‘nalishda 15 mingdan ziyod aviaparvoz amalga oshirildi

    23.02.2023, 19:16

    Missisipi shtati O‘zbekiston bilan hamkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi maxsus rezolyutsiyani qabul qildi

    23.02.2023, 18:44

    Qarshida sotib olingan Cobalt’ning nuqsonlari chiqqani bois yangisiga almashtirib berildi

    23.02.2023, 18:16

    Shuhrat Aliyev Namangan IIBga boshliq etib tayinlandi

    23.02.2023, 17:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.