O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Salom Samadov bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Salom Samadov tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Salom Samadov 1963-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1990-yilda Xarkov yuridik institutini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990-yilda Buxoro viloyati F.Xo‘jayev tuman prokuraturasida boshlab, Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005-yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati prokurori, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimida ham ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil dekabr oxirlarida Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh (0)