Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida keksa ayol 9 yoshli bolani qorong‘i joyga olib borgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, 17-fevral kuni keksa yoshdagi ayol boladan qo‘lidagi xaltalarni ko‘tarishda yordam berishini so‘ragan. Voyaga yetmagan A.A. keksa ayolga xaltalarini ko‘tarishda yordamlashib, 71-uyning oldiga borganida noma’lum erkakni ko‘rib qolgan.
Bola qorong‘i bo‘lib qolgani sababli uyga ketishini bildirib, qo‘lidagi xaltalarni yerga qo‘yib, uyi tomon yugurib ketgan. Keksa ayol va noma’lum erkak tomonidan unga nisbatan hech qanday noqonuniy harakatlar sodir etilmagani aniqlangan.
Hozirda voyaga yetmagan A.A. ota-onasi bilan birga sog‘ holatda.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)