O‘zbekistonda mahkumlarni shartli ozod qilish va belgilangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish muddati uzaytirilmoqda.
Qonunchilik palatasi yig‘ilishida muhokama qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat va Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Unga ko‘ra:
- og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir qilgan shaxslarning jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish muddati uzaytirilmoqda;
- og‘ir jinoyatlar uchun jazoning kamida yarmini o‘taganidan so‘ng, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa kamida 2/3 qismini o‘taganidan so‘ng qo‘llanilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, jazoni ijro etish muassasasi hududini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan deb topish muddati 24 soatdan 12 soatga qisqartirilmoqda.
Izoh (0)