Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda hududlarni raqamlashtirish uchun moliyaviy manbalarni kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Buning uchun “Raqamli tashqi reklama” portalini ishga tushirish, kelgusida tashqi reklamadan tushgan mablag‘larning 20 foizini har bir viloyatning o‘zida raqamlashtirishni rivojlantirish uchun qoldirish belgilandi.
Bosh vazirga xorijiy tajribani puxta o‘rganib, namunaviy loyiha asosida Toshkent shahrida 2 ta, viloyat markazlari va yirik shaharlarda 1 tadan ko‘chada zamonaviy tashqi reklama obyektlarini joylashtirishga topshiriq berildi.
Umuman 1-iyunga qadar “Raqamli tashqi reklama” tizimini ishga tushirib, undan faqat Yagona interaktiv portal orqali foydalanish lozimligi ta’kidlandi.
Izoh (0)