Sirdaryo viloyatida 370 ga yaqin suv “qopqoq”lari o‘g‘irlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bugungi kunda jami 370 ga yaqin ichimlik suvi qopqoqlari nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Buning oqibatida esa “Suvtaʼminot” MCHJga 200 million so‘mga yaqin zarar yetkazildi. Aniqlangan mazkur holat bo‘yicha Ichki ishlar bo‘limlariga tegishli tartibda bildirgi berilgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda viloyat miqyosida yo‘qolib qolayotgan “qopqoq” o‘g‘rilari haqida biror bir maʼlumot topilmagan, yaʼni “qopqoq” o‘g‘rilarining topilishi va jazolanishi bilan bog‘liq holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ommaga ochiqlanmagan.
Izoh (0)