Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasidagi savdo majmuasi kimoshdi savdosida sotildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
![](/static/2023/01/Fozil/800x-1-39.jpg)
Sotilgan binoda “Sazanchik” restorani, “Okean” savdo majmuasi va boshqalar joylashgan.
Lot izohida yozilishicha, majmua 87 ta xonadan iborat. Bundan tashqari, xonalar loyihasiz rekonstruksiya qilingan, qo‘shimcha qurilmalar mavjud.
![](/static/2023/01/Fozil/800x-1-40.jpg)
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,20 gektar. Binoning maydoni — 2 685 kvadrat metr. Restoranda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan majmuaning boshlang‘ich narxi 26,3 mlrd so‘m edi. 20-fevral kuni bo‘lib o‘tgan savdoda lot 35,5 mlrd so‘mga sotildi. G‘olib — 5,8 million so‘mlik ustav kapitaliga ega “Nigemta” kompaniyasi.
Izoh (0)