• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Meksikadagi jo‘xori dalasida “o‘sib chiqqan” vulqon, Nyu-Yorkda “Metropoliten” muzeyining ochilishi va orbital parvozga yo‘l olgan birinchi amerikalik astronavt. Kun xronologiyasida 20-fevral

    20-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Meksikadagi jo‘xori dalasida “o‘sib chiqqan” vulqon, Nyu-Yorkda “Metropoliten” muzeyining ochilishi hamda orbital parvozga yo‘l olgan birinchi amerikalik astronavtga oid faktlar o‘rin olgan.

    Meksikadagi jo‘xori dalasida “o‘sib chiqqan” vulqon

    1943-yil 20-fevral kuni Meksikadagi jo‘xori dalasida Parikutin vulqoni shakllanishni boshlagan edi. Michiokan shtatida otilgan vulqon lavasi shu nomdagi qishloqni yo‘q qilib yuborgan.

    Foto: Lifeglobe

    Vulqon — Yer po‘stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug‘lari va jins bo‘laklarini chiqarib turadigan geologik tuzilma. Meksikadagi vulqonning paydo bo‘lish jarayoni yaxshilab kuzatilgan va o‘rganilgan. Parikutin ko‘p manbalarda “Dunyoning yetti mo‘jizasi”dan biri sifati ham ta’riflanadi.

    Vulqon otilishidan, taxminan, uch hafta oldin Parikutin qishlog‘i aholisi momaqaldiroqqa o‘xshash gumburlagan tovushlarni eshitgan. Bu rostdan ham chuqur magmatik zilzila edi. Uning otilishi 1943-yil 20-fevral kuni mahalliy fermerlardan biriga tegishli bo‘lgan jo‘xori dalasidagi kichik yoriqdan boshlangan. Fermer hamda uning rafiqasi maydonda kul va toshlarning otilishiga birinchi guvoh bo‘lgan. Vulqon tezda o‘sib borgan, bir hafta ichida besh qavatli bino balandligiga yetgan. Bir oydan keyin uni ancha uzoqdan ham kuzatish mumkin edi. Parikutin vulqonining asosiy o‘sishi dastlabki yilda sodir bo‘lgan.

    Foto: Lifeglobe

    Piroklastik fazaning oxiriga kelib vulqon balandligi 336 metrga yetgan — bu Eyfel minorasi kabi demakdir. Keyingi sakkiz yil davomida vulqon tutashni davom etgan. Ushbu fazaning asosiy o‘ziga xosligi lavaning nisbatan sekin oqib chiqishi edi — u 25 kvadrat kilometrga yaqin joyni qoplagan. Vulqon faolligi sekin-asta keyingi olti yilda kamayib borgan, 1952-yilga kelib esa u tinch holatga o‘tgan.

    Albatta, bu dunyodagi eng baland vulqon emas. Parikutin jo‘xori dalasi uzra 424 metr balandlikka qadar o‘sgan. O‘shandan buyon unda hech qanaqa harakat kuzatilmagan. Konussimon vulqonlarning aksariyati kabi Parikutin monogen vulqon hisoblanadi. Bu otilishi to‘xtagandan keyin boshqa hech qachon harakatga kelmasligini bildiradi. Monogenetik vulqonlarning har qanday yangi otilishlari boshqa joyda yuz beradi.

    Foto: Lifeglobe

    Kutilmaganda yangi vulqonning paydo bo‘lishi butun dunyo ahlining e’tiborini o‘ziga tortgan. Jurnalist va muxbirlar shu hududga yopirilib kelishni boshlagan. Life jurnali konusni o‘z muqovasiga joylashtirgan, avialaynerlar uchuvchilari esa uning yonidan uchib o‘tishda ishqiboz yo‘lovchilarga vulqonni ko‘rsatar edi. Gollivud mazkur mintaqada vulqondan dramatik fon sifatida foydalangan holda “Kastiliyalik kapitan” nomli film ham suratga olgan.

    Parikutin aholisi filmda “massovka” sifatida ishtirok etib, qo‘shimcha pul ishlab olgan bo‘lsa-da, bu vulqon tomonidan yetkazilgan zararni qoplashga yetmasdi. 1943-yil iyunda lava qishloq tomon oqishni boshlaganida barcha evakuatsiya qilingan. Bir necha oydan keyin lava qo‘shni San-Xuan shahri tomon oqishni boshlagan. Oxir-oqibat lava 10 kvadrat mil hududda qotib qolgan. Parikutinning otilish tarixi Yer yuzida sodir bo‘lgan eng g‘aroyib vulqonlar otilishi ro‘yxatiga ham kiritilgan.

    Foto: Lifeglobe

    Nyu-Yorkda ochilgan “Metropoliten” muzeyi

    Nyu-York “Metropoliten” muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun 1872-yil 20-fevralda ochilgan edi. Unga amerikalik biznesmenlar va san’at ixlosmandlari tomonidan asos solingan bo‘lib, Jon Teylor Jonson muzeyning birinchi prezidenti etib saylangandi.

    Foto: Arrivo

    “Metropoliten” muzeyi — dunyodagi eng yirik va tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadigan badiiy muzeylardan biridir. Nyu-Yorkda joylashgan muzey homiylar mablag‘lari hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ozgina yordam hisobiga faoliyat yuritadi.

    Muzeyga kirishda mayda yumaloq turli rangdagi nishonlar beriladi, ular har kun uchun turlicha. Nishonlarni biror ust kiyimga qotirib qo‘yish va tashrif buyuruvchi esdalik sifatida uni o‘zi bilan olib ketishi mumkin — nafaqat millionlab turistlar, balki Nyu-York aholisi ham shunday yo‘l tutadi. 2013-yilda muzey bu kabi metall nishonlardan foydalanishni to‘xtatgan va qog‘oz yorliqlarga o‘tgan.

    Foto: Arrivo

    Beshinchi avenyu, 1000-sonli uy manzilida joylashgan muzeyning hozirgi binosi amerikalik arxitektorlar Kalvert Voks va Jeykob Mould tomonidan neogotik uslubda loyihalangan bo‘lib, muzey bu yerga 1880-yilda ko‘chib o‘tgan. Muzey asosini uchta xususiy kolleksiya tashkil etadi — 174 ta Yevropa san’ati namunalari orasida Xals, Van Deyk, Tyepolo va Pussen kabi dunyoga mashhur rassomlarning kartinalarini uchratish mumkin.

    Kolleksiya tez kengayib borgan, Jon Kensett o‘limidan keyin uning shaxsiy kolleksiyasidagi 38 ta polotno muzey ixtiyoriga o‘tgan. Ammo XX asrga kelibgina, muzey butun dunyoga tanilishni boshlagan. 1907-yilda muzey Ogyust Reneuarning birinchi kartinasini qo‘lga kiritgan. Bugungi kunda muzey haqiqatan ham impressionizm va postimpressionizm yo‘nalishidagi kolleksiyasi bilan faxrlanadi.

    1943-yili muzeyga Meytleng Griggs Liberale da Verona tomonidan chizilgan ikkita panel meros bo‘lib qolgan, ular orasida “Shaxmatchilar” kartinasi butun dunyoga mashhur. 1979-yilga kelib “Metropoliten” ixtiyoridagi kolleksiyada Vermer mo‘yqalamiga mansub kamida 40 ta polotno bor edi. Shuningdek, u yerda Misr san’atiga oid eng to‘liq va noyob kolleksiya ham mavjud.

    Foto: Arrivo

    Bugungi kunda muntazam kolleksiya tarkibidan 2 milliondan ortiq san’at namunalari o‘rin olgan. “Metropoliten”da turli yo‘nalishdagi jamlanmalarni uchratish mumkin. Gravyura yo‘nalishidagi kolleksiyalar ham ko‘plab insonlarni bee’tibor qoldirmaydi. Bu yerdagi ayrim gravyuralar bir necha nusxa va bir necha variantda saqlanadi. Suratlarga oid yirik kolleksiyalar orasida esa Uolker Evans, Diana Arbyus, Alfred Stiglis kabi mashhurlarning ijod namunalarini uchratish mumkin. 

    2013-yilda kolleksioner Leonard Lauder muzeyga kubizmga oid 78 ta kartinasini sovg‘a qilgan, ular orasidagi 33 ta kartina Pikasso tomonidan chizilgan. Muzey har yili “Yillik hisobot” e’lon qilib keladi, unda qo‘lga kiritilgan yangi san’at asarlari to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

    Foto: Arrivo

    2017-yil fevralda muzey o‘zining badiiy ijodga bog‘liq suratlarining 375 mingta raqamli versiyasini ommaga taqdim etgandi. Ushbu kartina va suratlardan shaxsiy hamda tijoriy maqsadlarda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, ularni tahrirlash yoki yangi san’at asarini yaratishda qisman foydalansa bo‘ladi.

    Orbital parvozni amalga oshirgan birinchi amerikalik astronavt

    Jon Glenn amerikalik kosmonavtlar orasida eng yoshi kattasi edi, ammo u Gagarinning natijasini birinchi bo‘lib takrorlagan va Yer atrofida bir necha aylanishni amalga oshirgan. Parvoz davomida qator qiyinchiliklarga duch kelingan, qurilmalar ishlamay qolgani sabab muhim manyovrlarni qo‘lda amalga oshirishga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: Notfromearth

    1962-yil 20-fevral kuni Jon Glenn Mercury-Atlas 6 da kosmik parvozni amalga oshirgan. U orbitaga chiqqan birinchi amerikalik edi, biroq uning missiyasi Gagarin parvozidan farq qilgan.

    Glenn 1960-yillar boshidagi eng mashhur amerikalik astronavtga aylangan, ammo missiyaning texnik parametrlari ko‘zdan kechirilsa, nima sababdan bunday ekanini tushunish qiyin. U kosmosga chiqqan birinchi amerikalik emas edi: Alan Shepard va Virjil Griss 1961-yil may va iyul oylarida birinchi kosmik tezlikka erisha olmay, ballistik trayektoriya bilan uchib qaytgan. Unga qadar orbitaga Yuriy Gagarin va German Titov chiqqan, xususan, Titov ancha uzoq parvoz qilgan.

    Ta’kidlash kerakki, Glenn birinchi astronavtlar bo‘linmasiga ham qiyinchilik bilan qo‘shilgan. NASA talablariga muvofiq u yerga oliy ma’lumotli harbiy uchuvchi-sinovchilar, 40 yoshdan kichik bo‘lganlar, Mercury kemasining kichikligi sabab bo‘yi 180 santimetrdan oshmaydiganlar tanlangan. Glenn Ikkinchi jahon urushi va Koreya urushida qiruvchi samolyotlarni boshqargan tajribali uchuvchi edi, ammo saralash vaqtida u salkam 40 ga to‘lgan, bo‘yi esa 179 santimetrni tashkil etardi va unda bakalavr darajasi bo‘lmagan. Ammo bo‘y borasidagi talabga qattiq rioya qilingan va bo‘lajak astronavtning komandiri polkovnik Jeyk Dill NASA’ga tashrif buyurib, ularni Glenn ajoyib nomzod ekanligiga ishontirgan.

    Foto: Notfromearth

    Birinchi amerikalik orbitaga vaziyat taqazosi sabab chiqib qolgan. Avvaliga Glenn birinchi kosmik parvozga yo‘l olmoqchi edi, ammo dastur rahbarlari astronavtni bo‘linmaning o‘zining ichida ovoz berish yo‘li orqali tanlashga qaror qiladi.

    Bu yerda Glenning shaxsiyatini unutmaslik kerak. Gagarin kamtar, do‘stona va maqsadidan qaytmaydigan inson sifatida ta’riflansa, uning amerikalik hamkasbi faqat uchinchi ta’rifga mos kelardi. Glenn tug‘ma teleyulduz edi. Boshqa astronavtlar oilasining kosmik dasturga munosabati haqidagi savollarga doimgi oddiy javoblar bilan cheklansa, Glenn “uydan yaxshi qo‘llab-quvvatlov bo‘lmasa, birortamiz buni davom ettira olmagan bo‘lardik, men jiddiy aytyapman”, degan.

    Orbitadagi birinchi amerikalik nasroniy edi va muntazam “iymon va  vatan” haqida gapirib kelgan, bir safar hatto astronavt bo‘lish haqidagi qarori borasida ham hazillashgandi: “Loyihaga hech bo‘lmasa bir marta jannat darvozasiga yaqinlashish uchun qo‘shildim”.

    Bundan tashqari, Glenn kosmonavtlar jamoatchilikka axloq me’yorini ko‘rsatishi kerak deb hisoblagan va bo‘linmadagi safdoshlariga tanbeh berishdan uyalmagan. Ayniqsa, bu ularning oilalariga taalluqli edi, chunki ayrim nomzodlarning bu borada muammolari bor edi. “U o‘zini salkam avliyodek tutgan”, — degandi Jorj Vashington universitetining Kosmik siyosat instituti professori Jon Logsdon. Tabiiyki, bu Glenning hamkasblari orasida obro‘si tushishiga olib kelgan. Shu boisdan ham ovoz berish jarayonida birinchi bo‘lib Shepard g‘olib bo‘lgan. Natijada Glenn uchinchi, ammo orbitaga birinchi bo‘lib uchgan.

    Parvoz Amerikaning Mercury kemasida amalga oshishi kerak edi, faqat bu safar u Redstone’dan ancha kuchli Atlas LV3B raketasida uchirilgan. Glenn o‘zi boshqargan qiruvchilar kabi kemaga Friendship 7 laqabini tushirgan. Muammolar startdan oldingi tayyorgarlik davridan boshlangan, qayta sanash vaqtida texnik muammo va noqulay ob-havo sabab 11 marotaba parvoz to‘xtatilgan.

    Raketa tashuvchi dastlab yaxshi ishlagan va parvoz yaxshi davom etgan. Afrika ustidan uchib o‘tish vaqtida Glenn chang bo‘roni haqida ma’lumot bergan, Hind okeanidan uchishda esa u orbitadagi birinchi kun botishini kuzatgan. Biroq bulutlar ko‘pligi sabab astronavt AQSH Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan tajriba doirasida uchirilgan signal raketasini ko‘ra olmagan.

    Avstraliya ustidan uchib o‘tilayotgan vaqtda tun edi, Glenn shaharning yorqin chiroqlarini ko‘rayotganini aytgan. Aftidan, u parvozdan xabar topib, barcha chiroqlarini yoqqan Pert shahrini nazarda tutgan. Kema yana kun tomoniga o‘tganida, astronavt atrofida “tillaqo‘ng‘iz”larni ko‘rayotganini bildirgan. Tahlillar davomida Glenn bort tizimidan uchib chiqqan mayda kristall muz bo‘laklarini ko‘rgani aniqlangan.

    Foto: Notfromearth

    Birinchi aylanishdan keyin avtomatik boshqaruv tizimida nosozlik aniqlangan va Glenn qo‘lda kemani barqarorlashtirishga majbur bo‘lgan. Atmosferaga kirishda ham Glenn kemani qo‘lda boshqargandi, unga akselerometr 1,5 g ni ko‘rsatmagunga qadar tormozni qo‘yib yubormaslik buyurilgan. Kema atrofi alangalanishni boshlagan vaqtda astronavt uchayotgan bo‘laklarni ko‘rgan va bu issiqlik himoyasini teshib o‘tishidan xavotirga tushgan, biroq bular tashlab yuborilgan tormoz tizimi bo‘laklari ekani ma’lum bo‘lgan.

    Parvoz yakunida apparat parashyut yordamida Shimoliy Atlantikaga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Himoya tizimi joyida edi, datchiklarda biroz muammolar kuzatilgan.

    Mazkur parvozda erishgan mashhurligidan keyin Glenn Ogayo shtatidan senatorlikka saylangan va 1984-yilda prezidentlikka nomzodini qo‘ygan. Oradan uzoq yillar o‘tgach, u keksayib qolganida ham kosmosga qaytgan. Avvaliga NASA keksa astronavtni kosmosga uchirishni istamagan, biroq Glenn agentlikni bu tajriba ekaniga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ladi. 1998-yilda u 77 yoshida STS-95 da parvoz qilib, rekord o‘rnatadi. Jon Glenn shundan keyin yana salkam 20 yil umr kechirib, 2016-yili 95 yoshida vafot etgan.

    20.02.2023, 09:43   Izoh (0)   5358
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyadagi shaharning zilziladan oldingi va keyingi ko‘rinishi namoyish qilindi (video)

    20.02.2023, 09:02

    AQSH Ukrainadan zudlik bilan qarshi hujumni boshlashni talab qilmoqda — Politico

    19.02.2023, 23:25

    Ozarbayjon prezidenti Eron bilan aloqalarni normallashtirish shartini aytdi

    19.02.2023, 22:00

    Zelenskiyning rafiqasi Putin bilan uchrashsa, unga nima deyishini aytdi 

    19.02.2023, 21:15

    Kim Chen Inning singlisi Shimoliy Koreya raketalari Seulga qaratilmaganini aytdi

    19.02.2023, 20:55

    Moskvadagi kafeda rossiyalik va markaziy osiyoliklar mushtlashdi, 15 kishi hibsga olindi

    19.02.2023, 20:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.