• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Amerikada ishlab erimga mashina va uy olib berdim, lekin oilamni saqlab qololmadim”. Mohichehra Shomurodova omadsiz shaxsiy hayoti hamda farzandining kasalligi haqida (video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mohichehra Shomurodova “Sevimli” telekanalining “O‘zim” loyihasiga bergan intervyusida shaxsiy hayoti, xususan yolg‘iz farzandining kasalligi haqida so‘zlab berdi.




    “Noto‘g‘ri insonni tanlaganimni to‘yim kuni bilganman. Insonning birgina noto‘g‘ri qarori keyingi hayotiga anchagina ta’sir qiladi. O‘sha qiyinchilik va stresslar ichida yashaganim uchun Xudoyim menga hammadan boshqacha farzand berdi. Bolam yig‘lasa o‘zim ham unga qo‘shilib yig‘lardim. Toshkentda qarindosh urug‘larsiz, yaqinlarsiz yashardik, juda qiyin bo‘lgan. Hozirgi erishgan narsalarim o‘sha qiyinchiliklarimning ajri deb hisoblayman.

    Amerikaga ketishimning sababi…

    Foto: Instagram / @mohichehra_shamurotova_

     

    Turmush o‘rtog‘im bilan janjallarning sababini u menga hech narsamiz yo‘qligida, deb miyamga quyishni boshladi. Uyimiz, joyimiz bo‘lsa, hamma sharoitni qilib olsak, janjal bo‘lmaydi, dedi.

    Bolam to‘qqiz oylik payti Amerikaga konsertga bordim. O‘shanda bizga Amerika vizasini bir yilga urib berishgan. Kelganimdan keyin ko‘pchilik sozandalarimiz yana qaytib ketishdi. Meni ham chaqirishdi. Buni eshitgan xo‘jayinim meni ham Amerikaga yuborish payiga tushib qoldi.

    ‘Imkoniyat borida ketish kerak, men ham hujjatlarimni tayyorlayapman, sen boraversang, orqangdan boraman’, dedi. Men esa ‘Qo‘limda emizikli bolam bor, qanday qilib uni tashlab ketaman?’, dedim. Erim esa ‘Hayotimiz yaxshilanib ketsa, bir yilga qaramay qaytib kelasan, bolangga onang qarab turadi’, dedi. Men ko‘nmadim. Bir kuni samolyot chiptasini olib keldi. O‘rtoqlaridan qarz olib, sotvolibdi.

    Bolam autizm kasalligi bilan tug‘ilgan

    Foto: Instagram / @mohichehra_shamurotova_

     

    Bolam Allohning inoyati bilan autizm kasalligi bilan tug‘ilgan. Autizm ekanini juda kech bilganman. Bir oylik chaqaloqligidan unda tutqanoqlar boshlangan. Davolanishni boshlaganmiz, jismonan juda yaxshi rivojlangan.  Lekin hamma narsani yig‘lab tushuntirardi. Bolam bilan xayrlashib, Amerikaga ketgan kunim haligacha esimda. 1 yosh-u uch oylik bola hech narsani sezmay yuzimga qarab kulib turardi. O‘sha kunni eslasam hozir ham boshqacha bo‘laman.

    Amerikada ishlab, menedjer darajasiga ko‘tarilganman

    Shu bilan ketdim, yaxshi odamlar hamma joyda bor ekan. Bir oila meni o‘zi qizidek qabul qildi. Ikki qiz, bir o‘g‘illari bor edi. Hozirgacha ular bilan bordi-keldimiz bor. Ota-onamdek bo‘lib qolishgan, judayam ko‘p yordam berishgan. Bolamni sog‘inib, qancha ko‘z yosh to‘kkan bo‘lsam, hammasiga guvoh bo‘lishgan. Men o‘shanda endi san’at tugadi, hayotim o‘sha yerda davom etadi, deb o‘ylaganman. Chunki sahnalarda qo‘shiq aytib yurgan 22 yoshli qiz birdaniga okean ortida, begona tilda gaplashadigan odamlar orasida paydo bo‘lib qolganimda, men uchun hayot tugagan o‘shanda.

    Bir tomonda bolamning sog‘inchi, bir tomonda ashula ayta olmayotganim meni adoyi tamom qilgan. Ishlab-ishlab, katta menedjer darajasigacha ko‘tarilganman. Har hafta uyimga pul jo‘natardim. Ota-onamga, aka-ukamga emas, turmush o‘rtog‘imga jo‘natardim.

    Yosh bo‘lganim uchun, uyimiz bo‘lsa, hayotimiz yaxshilanib ketadi, deb ishonganman. Oilamni saqlab qolishga harakat qilganman. Olti oy o‘tmay erim o‘ziga mashina oldi. Buni men o‘rtoqlarimdan eshitdim.

    Amerikada boshim devorga urila-urila tarbiyalandim. Olti oyda mashina, bir yilda uy olib berdim, lekin bolamga bitta dorisini olib bermagan turmush o‘rtoq menga nimaga kerak edi?

    Men o‘sha yerda tushunib yetdimki, demak men bir umr kuchli ayol rolida qolarkanman. Amerikadan qaytib kelganimda men oyog‘ida mustahkam tura oladigan, o‘ziga ishongan ayolga aylandim. Chunki Amerika sizni shunchaki pul berib boqmaydida, men sutkasiga 17 soat ishlardim. Krossovka oyoqlarimni qabartirib yuborardi. Uch soat uxlasam yetadi, derdim. Chunki uyda qolsam, bolamni sog‘inib yig‘lashni boshlardim. Men bolamni Amerikaga olib borib, davolatishni judayam xohlardim. Lekin erim ruxsat bermadi. O‘ziyam bormadi, bolam ham tuzalmadi.

    Na o‘ziga, na bolamga yaxshilik qildi. Bolam 4 yosh bo‘lganida Amerikadan qaytib keldim. Kelgan kunim ota-onamga ajrashaman, dedim. Kuchli bo‘lishdan charchagandim.

    17.02.2023, 12:46   Izoh (0)   44636
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Liga 1. “PSJ” “Tuluza” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 

    04.02.2023, 22:43

    Iroda Dilroz nima sababdan ijodda tanaffus qilgani, hayotdagi xatolari va otasiz voyaga yetgani haqida gapirdi

    15.02.2023, 15:05

    Otadan ayro hayot, farzand ko‘rish yo‘lidagi mashaqqatlar va ortiqcha vazn bilan kurash: Xonanda Feruza Jumaniyozova 39 yoshda

    15.02.2023, 13:15

    Instagram: Do‘kon ochgan Nilufar Usmonova, Rayhon Ulasenova Italiyada, “ko‘z quvonchi” bo‘lgan Feruza Normatova

    15.02.2023, 22:50

    Ra’no Yarasheva 62 yoshda: Akasi o‘ldirmoqchi bo‘lgan, turmushda omadsizlikka uchragan va 39 yillik ijodidan baxt topgan aktrisaning muvaffaqiyat yo‘li 

    16.02.2023, 17:40

    Jenna Ortega Rotten Tomatoes platformasida “Oltin yil” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

    14.02.2023, 12:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.