Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan o‘yinda “PSJ” 4-fevral, shanba kuni “Tuluza” bilan bahs olib bordi. 

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 20-daqiqasida van den Bomen hisobni ochdi. 38-daqiqada esa Ashraf Hakimi muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda parijliklar faolroq harakat qildi va Lionel Messining 58-daqiqada urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “PSJ” 2:1 hisobida zafar quchdi.

Kristof Galte shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 54 taga yetkazib, birinchi o‘rinni mustahkamladi.

Liga 1

22-tur bahsi

4-fevral, shanba

“PSJ” – “Tuluza” 2:1

Gollar: 0:1 – 20 van den Bomen, 1:1 – 38 Hakimi, 2:1 – 58 Messi.

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Danilu Pereyra, Markinyos, Mendesh (Bernat, 76), Soler (Zair-Emeri, 76), Fabian Ruis, Sanshesh (Bitshiabu, 14), Vitinya, Messi, Ekitik (Garbi, 90).

“Tuluza”: Dyupe, Kamansi (Desler, 62), Nikolaysen, Ruo, Diarra (Suaso, 71), Deyagere (Birmanchevich, 81), van den Bomen, Spirings, Shaibi, Onaivu (Dallinga, 62), Abuhlyal (Serro, 81).

Ogohlantirishlar: Bitshiabu (18), Mendesh (45), Deyagere (49), Shaibi (75).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi