O‘zbekistonni Qozog‘iston bilan bog‘lovchi ikkita chegara bojxona posti orqali fuqarolar va yengil avtotransport vositalari harakati 15-fevral kuni vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 15-fevral kunidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Sirdaryo va Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali fuqarolar va yengil avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi. Diplomatik kanallar orqali Qozog‘istondan kelib tushgan xabarga ko‘ra, Qozog‘istonning “Qazigurt” (“S.Najimov”) va “Atameken” (“Sirdaryo”) o‘tkazish punktlari rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan, 15-fevralidan ushbu postlar orqali piyodalar, avtobus, yengil va yuk ko‘tarish qobiliyati 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati rekonstruksiya davrida vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ushbu o‘tkazish punktlari orqali faqatgina yuk ko‘tarish vazni 3,5 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransport vositalari harakati davom etadi. Fuqarolar ushbu o‘tkazish punktlariga muqobil sifatida ish tartibi kun-u tun bo‘lgan “G‘ishtko‘prik” va “Yallama” hamda ish tartibi kunning yorug‘ vaqtida bo‘lgan “Malik” va “Oq oltin” o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkin.
Izoh (0)