• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Islom Maxachev Volkanovskini mag‘lub etgan bo‘lsa ham P4P reytingida 1-o‘ringa ko‘tarila olmadi. Bunga sabab nima?

    UFC promousheni o‘z divizionlarining yangilangan reytingini e’lon qildi. 

    Foto: Getty Images

    P4P (Pound for pound) — UFC’ning vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi jangchilari ro‘yxati hisoblanadi. Reytingga kirish uchun turli omillar hisobga olinadi: kamarlar, himoyalar soni, qarshilik darajasi va ishtirok sifati.

    UFC 284 ga qadar Aleks Volkanovski birinchi o‘rin, Islom Maxachev esa ikkinchi o‘rinda edi. Maxachev turnirda Volkanovski ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng ham yetakchiga aylanmadi. Bu esa tuli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Nega UFC uni eng yaxshi deb topmadi va bu tizim qanday ishlaydi?

    P4P reytingining yangilangan top-5 ligi:

    1. Aleksandr Volkanovski
    2. Islom Maxachev
    3. Leon Edvards
    4. Kamaru Usmon
    5. Israel Adesanya.

    UFC’dagi P4P reytingi qanday tuziladi?

    Reyting maxsus komissiya tomonidan tuziladi, uning tarkibiga nufuzli nashrlarning (ESPN, MMAJunkie, Tapology va boshqalar) eng yaxshi jurnalistlari kiradi. Ular ma’lum bir jangchining ishtirokiga qarab baho beradi. Eng yaxshilar divizionlarga bo‘linadi, umumiy reytingga esa 15 nafar jangchi kiradi. 

    Ovoz berish jarayoni quyidagicha: UFC har hafta 30 nafar jurnalistga anketani to‘ldirish uchun yuboradi. Natijalar umumiy maxrajga qisqartiriladi va saytda e’lon qilinadi. Tarafkashlikni oldini olish uchun UFC xodimlari reyting tuzishda ishtirok etmaydi. 

    P4P reytingi dastlab boksda paydo bo‘lgan: 1925-yilda nufuzli The Ring jurnali tomonidan marketing maqsadlarida tuzilgan yilning eng yaxshilari ro‘yxati turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. 

    Ammo bu P4P’ning to‘liq reytingi bo‘lmagan. Yana bir urinish 60-yillarda kuzatilgan. Boks assotsiatsiyasi o‘rta vazn toifasi vakili Shugar Rey Robinsonning nufuzini ifodalash uchun turli toifadagi jangchilar ramziy reytingini ishlab chiqqan. Biroq odatiy formatdagi P4P reytingi 1990-yilda, aynan The Ring nashrida paydo bo‘lgan. 

    UFC P4P reytingini 2013-yildan e’lon qila boshlagan. Dastlab unda o‘rta vazn chempioni Anderson Silva yetakchilik qilgan. 2020-yilgacha erkaklar va ayollar uchun umumiy reyting tuzilgan (ayollar o‘rtasida Ronda Rouzi yetakchi edi). Shundan so‘ng ro‘yxat jins bo‘yicha bo‘lindi: ayni vaqtda erkaklar reytingida Volkanovski, ayollardan iborat reytingda Amanda Nunyes yetakchilik qiladi. 

    Nega Maxachev g‘alabadan so‘ng ham yetakchi bo‘la olmadi?

    Foto: Getty Images

    Islom Maxachev va Aleksandr Volkanovski o‘rtasidagi jang tarixga kirdi. Ilk bor P4P reytingi yetakchilari bir-biriga qarshi oktagonga chiqdi. UFC buni eng yaxshi jangchi unvoni uchun kurash sifatida baholadi — promoushen g‘alabadan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Islomni reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarilgani bilan tabrikladi. 

    Jurnalistlarning qarori esa bochqacha bo‘ldi, Volkanovski reytingda yetakchi sifatida qoldi. Nufuzli Sherdog portali Maxachevni birinchi o‘rinda e’tirof etgan bo‘lsa-da, UFC’ning bu yurishi ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Promouter Kamil Gajiyev bunga Maxachevning ishonchsiz g‘alabasi sabab deb hisobladi:

    “Bu munozaralar uchun mavzu, munozaralar esa bo‘lib turishi kerak. Islom Maxachev nomi qancha ko‘p tilga olinsa, shuncha yaxshi. Sababi, u hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi. Volkanovski esa pastroq vazn toifasida chempion. Uning yo‘qligida vaqtinchalik titul uchun bahs o‘tkazilgan.

    Islomning g‘alabasi to‘liq ustunlik bilan bo‘lmadi. Jangchi yutqazib qo‘yganiga qaramasdan reytingda raqibidan yuqori turibdi. Matematik jihatdan buning yomon joyi yo‘q. Maxachevning dominantligi va birinchi o‘ringa chiqishi — vaqt masalasidir”. 

    Islom kutilganidan past natija ko‘rsatdi, biroq u 4 oy ichida reytining birinchi (Volkanovski) va uchinchi (Oliveyra) raqamlari ustidan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Aleksandr yaxshi jang o‘tkazdi va g‘alaba qozonish ehtimoli ham bor edi. Shu bois, mutaxassislar uning birinchi o‘rindan tushishiga sabab ko‘rmadi. Bu esa Volkanovskining Maxachev bilan revansh jangi o‘tkazish ehtimolini yanada oshiradi. 

    Islom Maxachevning o‘zi ham reytingdagi yetakchilik haqida gapirib o‘tdi

    “Asosiysi, men 13 ming kilometr yo‘l bosib, ularning chempioni ustidan g‘alaba qozondim va boshimni tik tutgan holda kamarni olib, uyga qaytdim. Dog‘istonga nisbatan munosabat tufayli reytingda yetakchiga aylanolmadim? Balki. Men bunday o‘yinlarga aralashmayman. Agar reyting shu holida qoladigan bo‘lsa... U baribir bir kun o‘zgaradi. O‘zgarmasa, bilmadim bu haqida qanday o‘ylash kerak.

    Men bordim va ularning chempionini yengdim. Buni reytingga qo‘shishadimi yoki yo‘qmi, farqi yo‘q. Muhimi, kamar mening yelkamda”. 

    15.02.2023, 20:51   Izoh (0)   9050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona”da yangi mojaro. Katalonlar Ispaniya hakamlar qo‘mitasi vitse-prezidentiga 1,4 mln yevro to‘lagani aytilmoqda

    15.02.2023, 17:13

    Odil Ahmedov akademiyasi va ROPSTTM hamkorlikda “Olimpiya” jamoasiga asos soldi

    15.02.2023, 15:59

    “Milan” Chempionlar Ligasida 10 yil deganda ilk bor gol urdi, “Tottenhem” pley-offda ketma-ket 4-marta yutqazdi

    15.02.2023, 15:17

    Klublar o‘rtasidagi JCH—2023 mezboni e’lon qilindi va 2025-yildan yangi formatga o‘tadigan musobaqa kvotalari ma’lum bo‘ldi

    15.02.2023, 12:48

    To‘xtatib bo‘lmas “Bavariya”, “PSJ” va Messining muvaffaqiyatsiz seriyalari. “PSJ” — “Bavariya” uchrashuviga oid raqamlar

    15.02.2023, 10:54

    YCHL. “Bavariya” safarda “PSJ”ni mag‘lub etdi, “Milan” esa “Tottenhem”dan ustun keldi

    15.02.2023, 02:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatidagi tezkor tadbirlarda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasi, 30 dona qurol, 1,6 mingta tig‘li jism aniqlandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 06:20

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10

    Yomg‘ir suvini elektr energiyasiga aylantirish yo‘li topildi

    Dunyo | 31 may, 22:55

    Bolalar ombudsmani Magic City’da suitsid sahnasi namoyish etilgani yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:35

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.