Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda tadbirkorlar quyosh paneli o‘rnatishga majburlanayotgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat hokimligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, quyosh panellarini o‘rnatishga na aholi, na tadbirkorlar majburlanmagan.
10-fevral kuni Andijon viloyati hokimining tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida quyosh panellarini kredit asosida olishni xohlaganlar “Sanoatqurilishbank”dan imtiyozli kredit olib (15 foiz, 5 yil muddatga, 6 oy imtiyozli davr, 150 million so‘mgacha) o‘rnatishi mumkin ekani aytib o‘tilgan.
“Uchrashuvda quyosh panellari o‘rnatishning afzalliklarigagina urg‘u berilib, bu faqatgina tavsiya sifatida aytib o‘tilganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)