• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 14-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 14-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e‘tiboringizga havola etadi.



    Rossiya dengiz floti taktik yadro qurollari bilan dengizga chiqishni boshladi

    Rossiya Shimoliy flotining kemalari 30 yil ichida birinchi marta bortida taktik yadro qurollari bilan dengizga chiqishni boshladi, deb xabar bermoqda Norvegiya razvedka xizmati (NIS) o‘zining yillik hisobotida.

    Hujjatda aytilishicha, sovet davrida Shimoliy flotning harbiy kemalari muntazam ravishda taktik yadro qurollari bilan dengizga chiqqan, biroq Sovuq urush davridan beri bunday holatlar kuzatilmagan. Razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan keyin “Rossiya uchun yadro qurolining ahamiyati sezilarli darajada oshdi”.

    “Yadro salohiyatining markaziy qismi Shimoliy flotning suvosti kemalarida va yerusti kemalarida joylashgan. Yadro qurollari NATO davlatlari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan operatsiyalarda ayniqsa jiddiy xavf tug‘diradi”, — deyiladi Norvegiya razvedkasi hisobotida.

    Shimoliy flot — bu Severomorskda joylashgan Rossiya dengiz flotining tezkor-strategik tuzilmasi. Flot tarkibiga 80 dan ortiq suvosti kemalari va yerusti kemalari, shu jumladan, gipertovushli qurol tashuvchilar kiradi.

    Ukraina uchun urush trayektoriyasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan daqiqalar yaqinlashmoqda. AQSH hukumatidan 10 mlrd dollarlik so‘nggi yordam va Rossiyaga qaratilishi mumkin bo‘lgan yangi sanksiyalar

    AQSH prezidenti Jo Baydenning ma’muriyati Ukraina hukumatini urush trayektoriyasini o‘zgartirish uchun hal qiluvchi daqiqa kelgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda  The Washington Post manbalariga tayanib xabar bermoqda.

    Oq uy rasmiylarining fikricha, Rossiya, kutilayotganidek, bahorda hujum boshlaydi, Ukraina esa boy berilgan hududlarni qaytarib olish uchun qarshi hujumga o‘tishi mumkin.

    Amerikalik harbiy tahlilchilarning fikricha, Ukraina qo‘shinlari uchun bir vaqtning o‘zida Donetskdagi Baxmutni (u yerda ko‘p oylardan beri shiddatli jang ketmoqda) himoya qilish va AQSH muhimroq deb hisoblagan hududlarni qaytarish uchun bahorgi qarshi hujumni boshlash qiyin bo‘ladi.

    WP suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, agar Ukraina Rossiya qo‘shin yuborgan yo‘nalishda jang qilsa, bu Rossiya hukumatiga qo‘l keladi.

    AQSH Kiyevga bosimni kuchaytirgan, chunki Oq uy uchun Kongressni Ukrainaga avvalgidek yordam berishga majburlash qiyinroq bo‘ladi, bunga sabab — ayrim respublikachilar yordamni qisqartirishni yoqlamoqda. 

    Jo Bayden ma’muriyati hozirda Kongress bilan Ukrainaga 10 milliard dollar yordam ko‘rsatish ustida ishlamoqda. Yangi yordam paketi Rossiya bosqiniga bir yil to‘lishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qatorida e’lon qilinishi kutilmoqda.

    AQSH rasmiylari Ukrainani imkon qadar uzoq vaqt davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirish bilan bir vaqtda, ular yozgacha Kiyev Amerika yordamining amaldagi paketini tugatadi, shundan so‘ng mojaroni siyosiy yo‘llar bilan hal qilish qiyin bo‘ladi, deb ogohlantirmoqda.

    O‘zbekistonda “samosud” jarayonlarini kimlar tashkillashtirmoqda

    Toshkent viloyati Qibray tumanida ikki yigit tengdoshlarini do‘pposlab, bezorilik jinoyatini sodir etgani haqida xabar berilgandi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi  surishtiruv ishlari natijasini e’lon qildi.

    Unga ko‘ra, noma’lum shaxslar 22-yanvar kuni Qibray tumani hududida Telegram-bot orqali topshiriq olib, giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shug‘ullanganlarni urib, tan jarohati yetkazgan va ushbu holatni video tasvirga olgan. 

    Mazkur holat yuzasidan IIBB va boshqa hamkorlikdagi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1997—2003- yilda tug‘ilgan o‘ndan ortiq shaxslar gumonlanuvchi sifatida ushlangan. Ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

    Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilar ma’lum moddiy manfaat evaziga shu kabi bir nechta voqeada ishtirok etib, tan jarohati yetkazish holati aks ettirilgan video yozuvlarni ijtimoiy tarmoq orqali buyurtmachiga yetkazib bergan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    14.02.2023, 22:21   Izoh (0)   8403
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyaning Tu-160 raketa tashuvchisi sirlarini biladigan muhandis AQSHga qochib ketdi

    14.02.2023, 21:35

    Shimoliy Koreyada Kim Chen In qiziga adash bo‘lgan qiz va ayollardan ismini o‘zgartirish talab qilinmoqda — OAV

    14.02.2023, 21:12

    “Tolibon” hukumatida ayollarning ta’lim olishi borasida tortishuv yuzaga keldi

    14.02.2023, 20:58

    “Vagner“ nima sababdan Rossiyadagi mahbuslarni urushga yollashni to‘xtatdi?

    14.02.2023, 19:36

    Afg‘onistonda burni va ko‘zi bo‘lmagan chaqaloq tug‘ildi

    14.02.2023, 19:12

    Norvegiya razvedkasi Rossiya qanday holatda taktik yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini ma’lum qildi 

    14.02.2023, 18:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.