• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda karam yetishtiruvchilar anomal sovuq sabab katta zarar ko‘rdi

    Joriy yilning yanvar oyida Markaziy Osiyoda kuzatilgan anomal sovuq havo tufayli O‘zbekistonda oq boshli karam hosiliga katta zarar yetdi. 

    Natijada mahsulot narxi keskin ko‘tarilib, ushbu sovuqlardan keyin tashqi bozorlarga karam jo‘natish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar kamaydi. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda. 

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda qishki oq boshli karam ko‘chatlari, asosan, avgust oyida ekiladi va navi hamda vegetatsiya davriga qarab, mahsulot hosili noyabr oyidan kelasi yilning apreligacha yig‘ib olinadi. 

    Shartli ravishda aytganda, ertaki navlar hosili noyabr—dekabrda, o‘rtaki navlar yanvar—fevralda, kechkisi esa mart oyi oxiri va aprel oyi boshlarida yig‘ib olinadi.

    O‘zbekistonda 2022-yil noyabr oyining boshidan 2023-yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oxiriga qadar oq boshli karam yig‘im-terimi odatiy maromda kechdi, biroq butun mamlakat hududini qamrab olgan sovuq havo massasi bu ritmni o‘zgartirib, o‘sha paytda hali yig‘ib olinmagan oq boshli karam hosiliga katta zarar yetkazdi.

    2023-yilning 10—16-yanvar kunlari O‘zbekistonda ushbu mintaqa uchun anomal sovuq ob-havo kuzatilib, bu davrda mamlakat poytaxtida havo harorati kunduzi minus 13 darajagacha, kechasi esa minus 17 darajagacha pasaydi. 

    17-yanvardan boshlab havoning ilishi kuzatildi, lekin bu holat asta-sekinlik bilan ro‘y berdi — 25-yanvarga qadar havo harorati kunduzi noldan biroz yuqori bo‘lgan bo‘lsa, kechasi minus 7 darajagacha pasaydi.

    Anomal sovuqlarning uzoq vaqt ta’siri tufayli o‘sha vaqtga qadar yig‘ib olinmagan oq boshli karam hosilining katta qismi dalalarda muzlab qoldi. 

    Yanvar oyi oxiri va fevral oyi boshida sezilarli isish boshlanishi bilan muzlab qolgan mahsulotlar chiriy boshladi. Mamlakatda “avgust karami” yetishtiruvchi asosiy hududlaridan biri bo‘lmish Surxondaryo viloyati fermerlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 80-90 foizga yaqin hosil nobud bo‘ldi.

    Mamlakat ichki bozorida oq boshli karam yetkazib berishning bunday sezilarli qisqarishi uning narxi keskin oshishiga saba bo‘ldi. 

    O‘zbekiston poytaxtidagi supermarketlar tarmog‘ida 2022-yilning noyabr oyi o‘rtalarida o‘tkazilgan chakana audit natijalariga ko‘ra (“avgust karami”ning ertaki navlari hosilini yig‘ib olish boshlangan payt), ushbu mahsulotning supermarketlarda o‘rtacha chakana narxi 2 400 so‘m/kg edi. 

    2023-yilning 8-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtidagi supermarketlarda oq boshli karam o‘rtacha 6 000 so‘m/kg narxda sotildi. 

    Ya’ni yangi hosil karamini yig‘ib-terib olish boshlanganidan beri karamning chakana narxlari 2,5 barobar oshdi.

    Biroq barra oq boshli karam o‘zbekistonliklarning iste’mol savatidagi unchalik muhim sabzavot hisoblanmaydi va kartoshka, piyoz yoki sabzi bilan solishtirganda an’anaviy o‘zbek oshxonasida asosiy ingredientlardan biri emas. 

    Tabiiyki, oddiy iste’molchining “sabzavot savati”, shuningdek, O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarining (kafe, restoran va fastfud shoxobchalari) xaridlaridagi barra oq boshli karam uchun xarajatlar ulushini unchalik ahamiyatli emas, deb hisoblash mumkin. 

    Shu sababli oq boshli karam narxining bunday keskin o‘sishi asosiy turdagi sabzavotlar narxlari sezilarli darajada oshishi fonida deyarli sezilmay qoldi.

    Lekin ushbu mahsulot O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari eksportida asosiy pozitsiyalardan biri hisoblanadi. 2022-yil oq boshli karam yetishtiruvchilar uchun 2021-yildagi kabi juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. 

    O‘tgan yili O‘zbekiston ushbu mahsulotni rekord hajmda — 121 ming tonna hajmda eksport qildi, bu 2021-yildagi avvalgi rekorddan 28 foizga ortiq ko‘rsatkichdir.

    Ammo, o‘tgan yillardagidan farqli o‘laroq, bu yil o‘zbekistonlik oq boshli karam yetishtiruvchilar uchun salbiy omillar bilan boshlandi. 

    Yanvar oyining anomal sovuqlari va natijada hosilning katta qismi boy berilishidan tashqari, yana bir omil — asosiy tashqi bozorlarda oq boshli karamga nisbatan “sust” talab ham qo‘shildi.

    2023-yilning yanvar oyida O‘zbekiston 5,9 ming tonna oq boshli karam eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 barobar kamdir. 

    Shuningdek, 2023-yil yanvar oyining ikkinchi yarmida — anomal sovuq ob-havo natijasida hosilga katta zarar yetganidan so‘nggi davrda eksport hajmi 2,8 ming tonnani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar kamaydi.

    Bozor ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, yanvar oyining ikkinchi yarmida va fevral oyining birinchi o‘n kunligida tashqi bozorlarga jo‘natilgan mahsulotlarning aksariyati “notarmoq” sifatiga ega, ya’ni asosiy tashqi bozorlardagi supermarketlar tarmoqlari talablariga javob bermaydi. 

    Uni import qiluvchilar ushbu mahsulotni keyinchalik oziq-ovqat bozorlarida sotish uchun xarid qilishgan, chunki mazkur partiyalarda anomal sovuqdan zarar ko‘rgan mahsulotlar ulushi va ushbu zarar darajasini aniqlash qiyin. 

    Tabiiyki, bunday mahsulotlar importyorlar tomonidan ancha arzon narxda sotib olinmoqda. Ammo boshqa tomondan olib qaralsa, bu o‘zbekistonlik fermerlar uchun arzon narxda bo‘lsa-da, o‘z mahsulotining bir qismini sotish va shu orqali ko‘rilgan zararni minimallashtirish imkoniyatidir.

    O‘zbekistonlik eksportyorlar fikriga ko‘ra, anomal sovuqlardan so‘ng yanvar oyi o‘rtalaridan boshlab ichki bozorda “tarmoq sifat”li karam partiyalarini shakllantirish juda qiyin vazifaga aylandi. 

    Asosiy tashqi bozorlarda shundoq ham o‘zbek karamiga talab sustligi fonida (o‘tgan yillarning shu davridagi talab bilan solishtirilsa), importyorlarning sifatli karam bo‘yicha buyurtmalarini bajarish deyarli imkonsiz bo‘lmoqda. 

    Shunday qilib, barcha umid anomal sovuqqa qadar “boshini o‘rab” ulgurmagan va shu bois yanvar oyidagi ob-havo syurprizlaridan kamroq zarar ko‘rgan “avgust karami”ning kechki navlaridandir.

    10.02.2023, 16:35   Izoh (0)   5061
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2022-yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash va ipoteka bozori qanday bo‘ldi?

    10.02.2023, 15:43

    Bir qancha muammolar yechimi: qishloq xo‘jaligini nima uchun raqamlashtirish kerak?

    09.02.2023, 18:45

    O‘zbekistonda 2023-yilda ipoteka kreditlari uchun 1 trln so‘m subsidiya ajratiladi

    09.02.2023, 13:44

    Turkiyaning “Iskenderun” porti zilzila tufayli katta zarar ko‘rdi

    09.02.2023, 12:56

    O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?

    08.02.2023, 20:09

    O‘zbekiston tashqi qarzi pasayishi kutilmoqda. Mamlakatga qarz nega kerak?

    08.02.2023, 19:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.