O‘zbekistonda 2023-yilda yoshlarni professional ta’lim muassasalarida kasbga o‘qitish ko‘lami kengaytirilib, ta’lim jozibadorligi oshiriladi. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tizimi takomillashtiriladi. Bunda:
- kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etish;
- texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkazish;
- xususiy sektorning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar topshiriq ijrosi uchun mas’ul etib belgilandi.
Izoh (0)