Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 6-fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 12 873 kishiga yetdi, yana 63 000 ga yaqin odam jarohatlangan. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Zilzila ta’sir qilgan qo‘shni Suriyada esa hozirgacha 3 508 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Al-Arabiya Suriya inson huquqlari monitoringi markaziga tayanib. Mamlakatda yana 5 000 dan ortiq odam jarohatlangan.
6-fevral kuni Turkiya janubida 7,7—7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng Turkiyada mingdan ortiq yerosti silkinishlari qayd etildi.
Mamlakatda minglab binolar vayron bo‘lgan, ular ostidan odamlarni qidirish davom etmoqda. Falokat zonalariga 70 dan ortiq davlat, jumladan, O‘zbekiston gumanitar yordam va qutqaruv guruhlarini yubordi.
Izoh (0)