Qor ko‘chkisi xavfi tufayli Qamchiq dovoni avtotransportlar uchun 9-fevral kuni soat 13:30 da vaqtincha yopilgandi. Soat 23:30 da dovonda avtomobillar harakati qayta tiklandi.
“Qamchiqavtoyo‘l” tomonidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rilgan chora-tadbirlardan so‘ng dovondan harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun harakat to‘liq qayta tiklangan.
“O‘z navbatida barcha avtotransport vositasi haydovchilariga ob-havo sharoitini hisobga olgan holda, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilib harakatlanishini tavsiya qilib qolamiz”, deyiladi xabarda.
Bundan avvalroq Angren shahrida “Angren” temiryo‘l vokzali orqali yo‘lovchilardan 806 nafari vodiyga kuzatilgan. Angrenda mavjud 4 ta mehmonxona hamda ovqatlanish majmuasida 200 nafardan ziyod fuqaroga zarur xizmatlar ko‘rsatilgan.
Izoh (0)