Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi maktablardan birida qizlar janjali aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati rasmiy munosabat berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, videotasvirlarda aks etgan holat joriy yilning 16-aprel kuni soat 13:30 larda Andijon shahri “Mustaqillik” mahallasi Muqimiy ko‘chasida joylashgan 55-maktabning oldida sodir bo‘lgan.
Unda 2012-yilda tug‘ilgan B.I. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 2012-yilda tug‘ilgan J.M. bilan o‘zaro janjallashib, buning oqibatida J.M. voyaga yetmagan B.I.ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasining tegishli xulosasiga ko‘ra yengil tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, 17-aprel kuni soat 17:30 larda 2012-yilda tug‘ilgan B.I.ning dadasi D.M. yana bir qizi R.I. bilan 55-maktabda J.M. bilan janjallashib, qizga o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari natijasi sud muhokamasiga yuborilgan.
Izoh (0)