Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida choyxonada narkolaboratoriya tashkil etgan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlanishicha, viloyatda yashovchi 3 nafar shaxslar Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan “Versal” choyxonasining xizmat xonasida sintetik giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlandi.

Ushbu manzildan 7 kg 140 gr “Mefidron” sintetik giyohvandlik vositasi va uni tayyorlashda ishlatiladigan buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu jinoiy guruh aʼzolaridan birining uyidan ham 3,1 litr suyuq va 150 gr “Mefidron” borligi maʼlum bo‘ldi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami “qora bozor”dagi taxminiy narxi 12 milliard so‘mga teng bo‘lgan, 10 kg 490 gr sintetik giyohvandlik vositalari musodara qilindi.
Gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qism “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Izoh (0)