Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Federal zaxira tizimi (Fed) bazaviy stavkasini 0,25 foizga oshirdi. Endi stavka oralig‘i yiliga 4,5 foizdan 4,75 foizgacha shakllanadi. Bu haqda Fed bayonotidan ma’lum bo‘ldi

Fed ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2007-yildan beri eng yuqori bazaviy stavkadir.

Bayonotda aytilishicha, mamlakatda xarajatlar va ishlab chiqarishning, shuningdek, ish o‘rinlarining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Ishsizlik darajasi pastligicha qolmoqda. 

Hisobotda Ukrainadagi urush “global noaniqlik”, jumladan, iqtisodiyotda ham keskinlikka olib kelgani qayd etilgan.

Bu 2022-yil martidan beri AQSHda asosiy stavkaning sakkizinchi o‘sishidir. Stavka oxirgi marta 2022-yil dekabr oyida 0,5 foizga ko‘tarilgandi. 

Mart oyidan beri bu ko‘rsatkich jami 4,5 foizga oshdi. Bungacha asosiy stavka 2018-yildan beri oshirilmagandi.

2022-yil dekabr oyida AQSHda narxlarning o‘sishi 7,1 foizdan 6,5 foizgacha sekinlashdi. Asosiy inflyatsiya (oziq-ovqat va energiya narxlaridan tashqari) noyabr oyidagi 6 foizga nisbatan xuddi shu oyda 5,7 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, inflyatsiya 2 foizlik maqsadli ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda so‘nggi olti yilda aholining internetdan foydalanish imkoni ikki barobar ko‘paydi
Dunyo
“Ukraina Qrimni qaytarishga urinsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanishi mumkin” — Medvedev
Sport
“Navbahor”ga qarshi o‘yinda “Paxtakor” darvozasi tomon ikkita penalti belgilagan Vadim Agishev 6 ta o‘yinga chetlatildi