• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 23-yanvarda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 23-yanvarda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Fuqarolikni olgan muhojirlar urushda qatnashish majburiyati sabab Rossiyadan chiqib keta olmaydi

    Rossiyaga ishlashga kelib, keyinchalik Rossiya fuqaroligini olgan Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari Rossiyani tark etib, uyga qaytib keta olmaydi, chunki ularga nisbatan safarbarlik to‘g‘risidagi qonunlar amal qiladi. Bu haqda “Osiyo davlatlari va Ukraina inqirozi” Telegram kanali yozmoqda.

    Rossiya pasportiga ega Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari “Radio Svoboda”ga ma’lum qilishicha, ular Rossiyadan chiqib keta olmagan — chegarada ular safarbarlik ro‘yxatlariga kiritilgani, shu sababli Rossiyada qolishi kerakligini aytishgan. Ularning Rossiya fuqaroligi bo‘lmagan do‘stlari esa mamlakatni bemalol tark etgan.

    Ushbu mamlakatlar hukumatlari ogohlantirishicha, ular bunday vaziyatda muhojirlarga yordam bera olmaydi, chunki ular allaqachon Rossiya fuqaroligini olgan va o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajarishi kerak.

    Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Rossiya fuqaroligiga ega muhojirlar urushda qatnashishi kerakligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olish orqali muhojirlar nafaqat huquqlarni, balki amaldagi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni ham oladi. Ulardan biri Rossiya Qurolli kuchlari talablariga muvofiq harbiy xizmatni o‘tashdir.

    Rossiyada safarbarlik yakunlansa-da, safarbarlik to‘g‘risidagi farmonning ba’zi nizomlari amalda

    Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada safarbarlik yakunlanganini, biroq safarbarlik to‘g‘risidagi farmonning ba’zi nizomlari amal qilishda davom etayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

    Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi armiyaga chaqiriq bo‘yicha reja bajarilgani haqida hisobot berganidan keyin Rossiyada safarbarlik yakunlangan, ammo farmonning o‘zi amal qilishda davom etmoqda, chunki safarbarlik “boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi”.

    “Safarbarlik fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirishdan tashqari, qurolli kuchlar vazifalarining bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan farmon amal qilishda davom etyapti”, — dedi matbuot kotibi.

    Peskov hujjatning aynan qaysi nizomlarini nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi, lekin “bu o‘sha yopiq bandga ham tegishli ekani”ni qo‘shib qo‘ydi. Safarbarlik to‘g‘risidagi farmonda bitta e’lon qilinmagan band bo‘lib, unda safarbar etiluvchilar soni haqidagi axborot bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.

    NATO davlatlari Ukrainani qo‘llab quvvatlashga tayyor ammo qurol yetkazib berishda pozitsiyalar turlicha

    Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy matbuot agentligiga bergan intervyusida:Germaniya Kiyevga Leopard 2 tanklarini berishga rozi bo‘lmasa, Polsha boshqa Yevropa davlatlari bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun “kichikroq koalitsiya” tuzishga tayyor ekanini aytdi.

    Polsha bosh vazirining fikricha, Germaniya ittifoqchilarini bahsga tortishni va Kiyevni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa davlatlarning harakatlarini sabotaj qilishni to‘xtatishi kerak. O‘z navbatida 22-yanvar kuni Parijga tashrif buyurgan Germaniya kansleri Olaf Shols Germaniya Ukrainani “qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt” himoya qilishini va uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

    Ukraina uzoq vaqtdan beri G‘arbdagi ittifoqchilaridan, jumladan, NATO mamlakatlarida mavjud Leopard 2 nemis tanklarini so‘rab kelmoqda. Bir qator Yevropa davlatlari, jumladan, Polsha ham o‘z tanklarini Kiyevga jo‘natishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq buning uchun Germaniyadan ruxsat kerak. 20-yanvar kuni Ramshtayn bazasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yakuniy qaror qabul qilinishi kutilgandi, ammo bunday bo‘lmadi.

    O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazishni qayta tiklaydi, Turkmaniston esa O‘zbekistonga gaz yetkazib beradi

    Energetika vazirligi O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish qayta tiklanishi rejalashtirilayotganini e’lon qildi.

    2023-yilning 14-yanvaridan O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi oqibatida issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i ta’minotida vujudga kelgan muammolar, ya’ni yoqilg‘i tanqisligi va turli nosozliklar paydo bo‘lgani, shuningdek, respublika iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.

    O‘z navbatida hozirgi holatga Energetika vazirligi quyidagicha tushuntirish berdi: “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va ichki iste’molga mo‘ljallangan elektr energiyasi eksportga yo‘naltirmaydi. Hukumatlararo kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan elektr energiyasi import amaliyotining bir qismi Afg‘onistonga (imzolangan shartnomalarga muvofiq) eksport qilinadi”.

    Eslatib o'tamiz, 2023-yilning 21-yanvaridan boshlab O‘zbekistonga Turkmanistondan gaz yetkazib berish qayta tiklandi.

    23.01.2023, 22:02   Izoh (0)   2969
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Marshal Do‘stumning qizi Turkiyada “Tolibon“ chekloviga qarshi ayollar yig‘ilishi o‘tkazdi (foto)

    23.01.2023, 21:35

    Putin navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etadimi?

    23.01.2023, 21:23

    Yevropa Ittifoqi Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini qora ro‘yxatga kiritdi

    23.01.2023, 20:30

    Ilon Mask oila a’zolari o‘g‘irlanishidan qo‘rqmoqda. Milliarderning otasi o‘g‘li bunga qanday chora topganini aytdi

    23.01.2023, 20:06

    Zelenskiy Ukrainaga hozir qanday qurollar kerakligini aytdi

    23.01.2023, 19:12

    Rossiya armiyasi Ukrainadagi urushda taktikani o‘zgartirdi

    23.01.2023, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.