O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Shvetsiya Dengiz va suv xo‘jaligi agentligi mutaxassislari o‘rtasida onlayn-muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, muzokaralar davomida O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi yo‘nalishlar va rejalar to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Shuningdek, mazkur sohada ikki idora o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, jumladan, Shvetsiya agentligi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun onlayn-seminar tashkil etish masalalari muhokama qilingan.
Muloqot yakunida ekspertlar darajasida qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazish hamda seminar muddati va mavzusini belgilab olish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Izoh (0)