Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik 19-yanvardan boshlab qisman yopiladi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishini bildirib, yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘radi va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etdi.
Uzbekistan Airports ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari davomida tirbandliklar yuzaga kelishi mumkinligi sababli, yo‘lovchilarga yo‘llardagi vaziyatni inobatga olgan holda uydan aeroportga ertaroq chiqishni tavsiya qildi.
Izoh (0)