“Real” Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga mag‘lub bo‘ldi (1:3).
OKDiario nashrining xabar qilishicha, Karlo Anchelotti o‘yindan keyin kiyinish xonasida futbolchilar bilan 2 soatdan oshiq suhbat qurgan. Murabbiy o‘yindagi pasayish va ko‘payib ketgan xatolar haqida gapirgan.
Klubdagi manbalarga ko‘ra, muhokama sokin ruhda o‘tgan, tomonlar bir-biri bilan maksimal darajada ochiq gaplashgan.
Anchelotti suhbatni quyidagi gap bilan yakunlagan: “Ertaga dam olamiz, 17-yanvardan esa bazaga qaytamiz va hozirgi holatni to‘g‘rilashga kirishamiz”.
Mavzuga doir:
Izoh (0)