Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2022-yilning eng yaxshi terma jamoa murabbiyi deb topildi.
Argentinani JCH—2022 da g‘olibga aylantirgan mutaxassis 24o ochko jamg‘ardi. Ikkinchi o‘rinni Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham (45 ochko), uchinchi o‘rinni esa 30 ochko bilan Marokash terma jamoasi ustozi Valid Regragi egalladi.
Zlatko Dalich (Xorvatiya) va Hadzime Moriyasu (Yaponiya) kuchli beshlikni yakunlab berdi.
Shuningdek IFFHS talqiniga ko‘ra Karlo Anchelotti 2022-yilning eng yaxshi klub murabbiyi deb topildi.
“Real” bosh murabbiyi 2022-yilda jamoa bilan birga La Liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. Shuningdek, yilning eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etildi. Qayd etib o‘tish joiz, Anchelotti faoliyatida uchinchi bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiola egalladi. Uchinchi o‘rin esa Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragiga nasib etdi. Mutaxassis 2022-yilda “Vidad” klubi bilan Marokash chempionati va KAF Chempionlar Ligasida zafar quchdi.
Yilning eng yaxshi terma jamoa murabbiylari ichida uchinchi o‘rinni egallagan Regragi IFFHS da ikkita yo‘nalishda kuchli uchlikka kira olgan ilk murabbiyga aylandi.
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp esa ro‘yxatda 4-o‘rinni band etdi.
Izoh (1)
24 o ochkomi yoki 240?