Uelslik futbolchi Garet Beyl faoliyatini yakunladi. Bu haqida uning o‘zi Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Beyl 2006/07-yilgi mavsumda Yevropa futbolidagi faoliyatini “Sauthempton”da boshlagan edi. 2007-yilda “Tottenhem” safiga o‘tib, keyingi 6 yil davomida “shporlar” sharafini himoya qilgan.
2013-yilda esa “Real” safiga o‘tgan. 2020-yilga qadar Madrid klubi sharafini himoya qilgan vinger shundan so‘ng “Tottenhem”ga ijara asosida o‘tdi.
2022-yilda esa Garet “Los-Anjeles” bilan shartnoma imzolab, jamoa safida 13 ta o‘yinda 3 ta gol urgan. 33 yoshli futbolchi JCH—2022 dan so‘ng Uels terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi.
Uelslik futbolchi faoliyati davomida Madrid klubi bilan 5 marta Chempionlar Ligasida, 4 marta klublar o‘rtasidagi JCHda, 3 marta La Ligada, 2 marta Yevropa Superkubogida, bir martadan Ispaniya Superkubogi va Ispaniya Kubogida zafar quchgan.
Izoh (0)