Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 9-yanvar, dushanba kuni BAA bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida Otabek Jo‘raqo‘ziyev hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda O‘zbekistonliklar 1:0 hisobida tanaffusga yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘lim so‘ngida esa Sarvar Sharipov gol urdi. Qayd etib o‘tish joiz, ushbu gol Sarvar uchun yoshlar terma jamoasidagi ilk gol bo‘ldi. Shu tariqa O‘zbekiston U-23 BAA ustidan g‘alaba qozondi.
O‘rtoqlik o‘yini
9-yanvar, dushanba
Izoh (0)