O‘zbekistonning qator hududlarida 9—11-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi, shamol tezligi 15—20 metr/sekundgacha kuchayadi.
Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitida poytaxt hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin.
“Sizlardan ehtiyot choralariga rioya qilishingizni, transport vositangizni daraxtlar va temir qurilmalar tagiga qo‘ymasligingizni, eshik va derazalarni mustahkam yopishingizni, yosh bolalarni qarovsiz ko‘chaga chiqarmasligingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: SSV O‘zbekistonda anomal sovuq kunlari sog‘liqni asrash uchun bir necha tavsiyalar berdi
Izoh (0)