• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi keskin sovuqda qishloq xo‘jaligi ekinlarini asrash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    O‘zbekistonda 10—15-yanvarda havo haroratining keskin sovib ketishi kutilayotgani sababli Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermer xo‘jaliklari, bog‘bonlar, issiqxona va tomorqa yer egalariga o‘z tavsiyalarini berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, kuzgi boshoqli don ekinining qishki sovuqqa chidamli bo‘lishi undagi to‘plash tugunining qanchalik chuqurligiga va boshqa omillarga bog‘liq. 2023-yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlarini sovuqdan zararlanmasligi uchun quyidagi zarur chora-tadbirlarni ko‘rilishi maqsadga muvofiq:

    • kech ekilgan, ayniqsa, ayrim 1-2 barg holatida bo‘lgan g‘alla maydonlariga chirigan mahalliy o‘g‘it (go‘ng) sepish;
    • g‘o‘za qator oralariga ekilib, hozirgi kungacha g‘o‘zapoyalardan tozalanmagan maydonlarda g‘o‘zapoyadan tozalash ishlarini sovuq kunlar tugagunga qadar to‘xtatish;
    • elektr energiya cheklovlari bo‘lishini inobatga olib, nasos agregatlari va lotok tarmoqlarining muzlab yorilishini oldini olish uchun ulardan foydalanishni vaqtincha to‘xtatish;
    • sovuq ta’sirida g‘allaga zarar yetishi kuzatilgan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mutasaddilari va olimlar ishtirokida shtablar tashkil etish.
    Sabzavotchilik va poliz ekinlari. Hozirda respublika dala yer maydonlarida asosan avgust-sentabr piyozlari va sarimsoqpiyozlar ekilgan. Ushbu sabzavot ekinlarini keskin sovuqdan asrash uchun quyidagi tavsiyalarni qo‘llash lozim:
    • ekin maydonlarini ustini plyonka qoplamalari oddiy yoki duga usulda qoplash;
    • mahalliy chirigan go‘ng, sholi qipig‘i va apilka bilan mo‘lchalash;
    • somon yoki mayin xashaklar bilan o‘simlik ustini yopib chiqish kabi chora-tadbirlar.
    Shu bilan birgalikda sabzavotlar ekilgan dala maydonini shamol oqimiga qarab olov yoqib tutatish ham foyda beradi.

    To‘qsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, ko‘kat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) ekinlari urug‘lari hali yerdan unib chiqmagan va ularni sovuqdan zararlanish ehtimoli juda past darajada.

    Issiqxonalarda pomidor va bodring yetishtirishda inshootdagi havo harorati o‘simliklar uchun mos bo‘lishi lozim. Issiqxonada yetishtirilayotgan bodring harorat 0 darajaga  tushib ketganda nobud bo‘ladi. Pomidorning esa +7 daraja haroratda ildiz tizimi, -1-2 daraja sovuqda esa o‘simlikning o‘zi nobud bo‘ladi.

    Issiqxonalarda isiriq va boshqa tutatish pohol yoki eskirgan texnik balonlarini yoqib tutatish natijasida ham 2-3 daraja issiqlik berish va ushlab turish mumkin.

    Janubiy mintaqalarda sabzavot ekinlarini keskin sovuqdan ularni qanday himoyalash bo‘yicha tavsiyalar:

    • isitilmaydigan ko‘chatxonalarda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari ko‘chatlarini sovuqdan asrashning muhim tadbirlaridan biri dugalar o‘rnatish, ustini polietilen plyonkasi bilan yopish, vaqtinchalik isitish moslamalaridan foydalanish hamda atrofiga go‘ng aralash xashak, pоxol va shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ularni tutatish;
    • issiqsevar sabzavot ekinlaridan pomidor, shirin qalampir va baqlajon ko‘chatlarini issiqxonada tayyorlashni hamda bodring va poliz ekinlari urug‘larini ekishni vaqtinchalik to‘xtatib turish;
    • har bir dalada havo haroratini kuzatib, -1 darajaga tushishi bilan uyumlarni tutatish;
    • sovuq tushishing eng faol vaqti bu tonggi soat 3-5 oralig‘ida bo‘lib, aynan shu vaqtda o‘simlik sovuqdan zararlanadi, shu bois, hushyorlikni oshirish talab etiladi.
    Sovuqqa chidamli sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi, karam va ko‘kat sabzavotlar kabi ekinlarga -2-3 daraja sovuq sezilarli ta’sir etmaydi.

    Mevali bog‘ va uzumzorlarda quyidagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish orqali ularni sovuq urishdan himoyalash mumkin:

    • mevali bog‘ va tokzorlarning qator oralaridan sug‘orish ariqlari olib, sug‘orish, ya’ni yaxob suvi berish lozim. Sovuq vaqtida bog‘ va tokzorlarni qondirib sug‘orish natijasida suv harorati havo haroratidan yuqori bo‘lganligi uchun suv bug‘lari yer va daraxtlarning haroratini pasayishiga yo‘l qo‘ymaydi;
    • urug‘li meva bog‘larda shakl berish va kesish tadbirlarini sovuq haroratlar o‘tgunga qadar vaqtincha to‘xtatish;
    • ko‘milmay qolgan tok tuplari, anor va anjir butalarini sovuqdan saqlash uchun zudlik bilan хashaklar va sholi poyalar bilan yopish yoki tuproq bilan ko‘mish;
    • xurmo daraxtlari tanalarini va shox-shabbalarini xashak, quruq makka va sholi poyalari hamda boshqa narsalar bilan o‘rash;
    • issiqxonalarda yetishtirilayotgan sitrus va qulupnay o‘simliklarini himoya qilish uchun plyonka ostidan yana bir qavat yupqa plyonka tortish (termos qilish) va issiqxona ustidagi qorlarni tushirmaslik zarur;
    • mevali bog‘ va uzumzorlar qator oralariga mahalliy o‘g‘it aralash хashak, pоxol, shox-shabbalar uyumlarini to‘plab, ularni tutatish (mevali bog‘ va uzumzorlarga bir tekisda eni 1,25-1,5 metr hamda balandligi 0,5-0,75 metrdan to‘p-to‘p qilib uyib qo‘yish);
    • daraxtlarning yoshi va qalin siyrakligiga qarab har bir gektar maydonga 100-200 ta uyum hosil qilish kerak. Tutun bog‘ ichiga yaxshi yoyilishi uchun uyumlarni mevali bog‘ va uzumzorlarning shamol esadigan tomoniga qo‘yish hamda havo haroratini kuzatib borish.
    Chorvachilikda — chorva hayvonlari saqlanadigan binolarning maqbul harorati +7…+17 daraja daraja va mayda shoxli qoramollar uchun +10…+12 daraja daraja bo‘lishi talab etiladi (yosh qoramollar uchun bu ko‘rsatkichlar biroz yuqori bo‘lishi kerak).

    Chorva mollarini keskin sovuqdan asrash uchun:

    • chorva hayvonlarini shirali ozuqalar bilan oziqlantirish va suv bilan sug‘orishni yopiq binolarning ichida tashkil etish;
    • yetuk yoshdagi chorva hayvonlarini +10…+12 daraja daraja va yosh mollarni +16…+30 araja daraja haroratdagi suv bilan sug‘orilishi maqsadga muvofiq;
    • bir kunda yetuk yoshdagi qoramollarga o‘rtacha 60-100 litr, yosh qoramollarga 20-30 litr, mayda shoxli qoramollarga 5-10 litr suv ichirish kerak;
    • xo‘jalik hududlarini to‘liq o‘rash va uning hududiga yovvoyi hayvonlarni kirishini oldini olish; Turli turdagi chorva hayvonlarini bitta binoda saqlamaslik kerak;
    • chorva binolarida tabiiy va maxsus ventilyatsiya tizimi bo‘lishi talab etiladi.
    Vazirlik xabarida aytilishicha, ushbu agrotexnik tadbirlarni olib borilishi qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan zararlanishdan va nobud bo‘lishdan asraydi.

    Mazvuga doir:

    • SSV O‘zbekistonda anomal sovuq kunlari sog‘liqni asrash uchun bir necha tavsiyalar berdi
    • O‘zbekistonda anomal sovuq kunlarda barcha xodimlarning onlayn ishlashiga ruxsat berish taklif qilindi

    09.01.2023, 17:15   Izoh (0)   15186
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: 10 dan ortiq yo‘nalishda Transformatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda

    09.01.2023, 17:09

    Surxondaryoda Nexia, Spark va Gentra to‘qnashuvida haydovchilardan biri vafot etdi

    09.01.2023, 16:42

    Dekabr oyida O‘zbekistonda 20 yoshgacha bo‘lgan 110 nafar erkak farzandli bo‘ldi

    09.01.2023, 16:36

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    09.01.2023, 16:26

    Samarqandda Nexia va Spark to‘qnashishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

    09.01.2023, 16:09

    Is gazi: Energetika vazirligi baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi

    09.01.2023, 15:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.