Toshkent shahri jamoat transportiga qo‘shimcha avtobuslar biriktirildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ xabar qildi.
Qayd etilishicha, 4-yanvar kuni sotib olingan 16 ta MAN A22 CNG avtobuslaridan samarali foydalanish maqsadida, xarid qilingan avtobuslarning:
- 4 donasi - 1-Avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 28-sonli Yashnobod qurilish kolleji–Ibn Sino 2-mavzesi;
- 4 donasi - 7-Avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 13-sonli Izza mavzesi–Toshkent MUM;
- 1 donasi - 8-Avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 91-sonli Yunusobod mavzesi 15-daha–Ko‘kcha masjidi bekati;
- 1 donasi - 8-Avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 118-sonli Chilonzor buyum bozori–O‘zposlsavdo;
- 3 donasi - 18-Avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 87-sonli Chinni bozori bekati–Qoraqamish 2/4 mavzesi;
- 3 donasi - 18-Avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 88-sonli Ibn Sino 2-mavzesi–M.Yusuf ko‘chasi avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilgan.
Izoh (0)