• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Praga bahori”ni boshlagan Dubchek, o‘zini poyezd ostiga tashlagan nemis milliarderi va Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari. Kun xronologiyasida 5-yanvar

    5-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan o‘zini poyezd ostiga tashlagan nemis milliarderi, “Praga bahori”ning boshlanishiga sababchi bo‘lgan Dubchek hamda Qozog‘istonda gaz narxi oshishi sabab yuz bergan ommaviy noroziliklarga oid faktlar o‘rin olgan.

    O‘zini poyezd ostiga tashlagan nemis milliarderi

    2009-yil 5-yanvar kuni Germaniyada 74 yoshli milliarder Adolf Merkle o‘z joniga qasd qilgandi. U kechasi Blauboyren shaharchasidagi uyidan chiqib, poyezd relsiga yotib olgan. Merklening jasadi soat 20:00 larda temiryo‘l xodimi tomonidan topilgan. Milliarder oilasiga vidolashuv maktubini qoldirgan bo‘lib, unda kechirim so‘ragani yozilgan. U nima sababdan o‘z joniga qasd qilmoqchiligi haqida yozmagan, ammo Merkle imperiyasi yuz tutgan og‘ir vaziyat bu boradagi taxminlarga sabab bo‘la olardi.

    Foto: Allbeton

    Foto: Allbeton
    Adolf Merklening o‘limi nafaqat Blauboyren shahri, balki butun Germaniya aholisi uchun haqiqiy judolikka aylangan. Forbes jurnali ma’lumotlarga ko‘ra, uning boyligi 7,3 milliard dollarga baholangan. Merkle dunyoning eng badavlat 100 ta insoni ro‘yxatiga kirish bilan birga, XIX asrda shakllangan an’anaviy nemis tadbirkori obraziga sodiq edi.

    Merkle o‘z biznesini mayda ishdan boshlagan bo‘lib, keyinchalik eng yuqori cho‘qqiga chiqqan. Ma’lumoti bo‘yicha yurist bo‘lgan Adolfga 1967-yilda bobosi tomonidan 1881-yilda asos solingan Dragon und Chemikalien oilaviy firmasi meros bo‘lib qoladi. Firmada 80 ga yaqin xodim ishlagan, yillik aylanma mablag‘i esa 4 million marka atrofida bo‘lgan. Merkle bo‘lsa uni 100 ming xodim ishlaydigan, yillik aylanma mablag‘i 30 milliard yevroga yetadigan haqiqiy imperiyaga aylantirgan. Merklega muvaffaqiyat 1973-yilda Blauboyrenda Ratiopharm farmatsevtika kompaniyasiga asos solganidan keyin kelgan.

    Bundan tashqari, Merkle oilasi kompaniyalari guruhiga kattaligi bo‘yicha Germaniyada birinchi, Yevropada esa ikkinchi bo‘lgan dorixonalar tarmog‘i — Phoenix Pharmahandel AG, shuningdek, mamlakatda sement ishlab chiqarish bo‘yicha yirik kompaniya — HeidelbergCement kirgan. 1999-yilda Merkle oilasi Kaessbohrer yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi kompaniyadan ulush sotib olgan, keyinroq esa bu ulushini 89 foizga yetkazgan. 1989-yilda Adolf Merkle sobiq qirollik oilasi Gogensollerlar vakili tomonidan asos solingan Zollern GmbH & Co. KG kompaniyasi aksiyalarining yirik paketini sotib olgan. Guruh dvigatellar, quyma texnika va mashinasozlik bilan shug‘ullangan.

    Vanihoyat Adolf Merkle 1997-yilda elektrodvigatel va generatorlar ishlab chiqaruvchi VEM kompaniyalar guruhi egasiga aylangan. Butun sanoat imperiyasini boshqarish uchun VEM Vermoegensverwaltung investitsiya xoldingi tashkil etilgan. Shu bilan birga, Merklening o‘zi hech qachon boylig‘i bilan maqtanmagan, pulni havoga sovurmagan va kamtarona hayot kechirgan. Ta’kidlanishicha, u Ratiopharm’ning Blauboyrendagi byurosiga velosipedda qatnagan, yomg‘irda esa VW Golf’da yurgan. Safarlar uchin doim poyezdlarning ikkinchi klassidan chipta xarid qilgan. Xayriya bilan muntazam shug‘ullangan: muzeylardan biriga bir necha million ajratgan, talabalar uchun har yili beriladigan 20 ming yevrolik mukofot ta’sis etgan.

    Merkle o‘rmon va tog‘larda sayr qilishni, qishda esa tog‘ chang‘isi bilan shug‘ullanishni xush ko‘rgan. Ma’lumot uchun, Avstriyadagi Klyaynvalzertal tog‘-chang‘i kurortidagi kichik tog‘ temiryo‘li Merkle oilasiga tegishli bo‘lgan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, butun kurort oilaniki ekani aytiladi. Merkle ba’zan konduktor sifatida yo‘lovchilarga shaxsan o‘zi chipta tarqatgani bilan mashhur. U doim oddiy insonlar qurshovida o‘zini qulay his qilishini ta’kidlab kelgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Shunday baxtli hayot kechirgan 74 yoshli qariyaning uydan chiqib, relsga yotishiga nima sabab bo‘lgan? Bunga milliarderning farovon hayoti niqobi bilan yashiringan shaxsiy hayotidan javob topish mumkin. Adolf Merkle sanoat imperiyasining shunchaki egasi bo‘lmagan, u soliqlardan qochish, daromadlarni offshorlarga yo‘naltirish, oxirgi vaqtlarda esa birjada faol o‘ynash bilan mashhur edi. U tezkor operatsiyalarni yaxshi ko‘rgan va o‘zini dey-treyder deb atagan. Shunga qaramay, aynan birjadagi tavakkal o‘yinlar Merkle imperiyasini jar yoqasiga olib kelgan.

    Milliarder boshqa ko‘plab nemis birja chayqovchilari kabi Volkswagen aksiyalarida “kuyib qolgan”. Merkle narxlarni pasaytirishga o‘ynagan. U Volkswagen aksiyalar paketini sotish uchun qarz olgan va ular azonlashni davom etadi deya o‘ylab, ularning barchasini sotib yuborgan. Kun oxiriga kelib esa aksiyalarni yanayam arzonroq narxda xarid qilib, foyda ko‘rgan. Ammo kutilmagan voqea sodir bo‘ladi: 2008-yil oktabrda Porsche Volkswagen’ning katta miqdoridagi aksiyalariga egalik qilishini e’lon qilgan. Nemis avtomobilsozlik kompaniyasining qimmatli qog‘ozlari narxi tezda ko‘tarilib ketgan. Bundan tashqari, Adolf Merkle DAX indeksi o‘sishiga umid qilgan, ammo bu ham xato bo‘lib chiqqan. Merkle birgina Volkswagen aksiyalarining o‘zida 200 million yevrosidan ayrilgan.

    Shundan keyin domino reaksiyasi boshlangan. Adolf Merkle oldinroq 30 ta bankdan olgan kreditlarini to‘lashga qiynalgan. Butun imperiya bankrotlik yoqasiga kelib qolgan, uning qarzi esa 1 milliard yevroga yetgan, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, qarz 16 milliardni tashkil etgan. Merkle kredit bergan banklar bilan uzoq va murakkab muzokaralarni boshlagan. Oxir-oqibat kelishuvga erishilgan: Merklega muddat berilgan. Bundan tashqari, banklar Merkle kompaniyalar guruhini saqlab qolish uchun 400 million yevro miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqishga rozi bo‘lgan. Ammo ular bitta shart qo‘ygan: Merklening o‘zi boshqaruvdan ketishi kerak edi.

    Ma’lumki, qisqa muddatga beriladigan kredit Adolf Merkle imperiyasini qutqarib qola olmas edi, shu sababli korxonalarning bir qismini sotishga to‘g‘ri kelardi. Sotiladigan asosiy kompaniyalar esa Ratiopharm va HeidelbergCement edi. Shunday qilib, Adolf mutlaqo chorasiz ahvolda qolgan: korxonalarini saqlab qolish uchun u boshqaruvdan ketishga va kompaniyalarini sotishga rozi bo‘lgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Merklening baribir umrguzaronlik qilishga yetadigan mablag‘i qolar edi, ammo “katta maktab” nemis biznesmeni uchun pul emas, balki oila birinchi o‘rinda edi. Bunday mufaqqiyatsizlikni u professional va shaxsiy omadsizlik deb hisoblagan. Vafoti kuni Adolf Merkle banklar tomonidan taklif qilingan sxema bilan bog‘liq barcha hujjatlarni imzolagan. Ammo patqalam joyiga qo‘yilgach, uning hayoti o‘z mazmunini yo‘qotgan va Adolf poyezd ostiga yotgan.

    “Praga bahori”ning boshlanishiga sababchi bo‘lgan Dubchek

    1968-yil 5-yanvar kuni Aleksandr Dubchek Chexoslovakiya Kommunistik partiyasi birinchi kotibi lavozimiga saylanib, mamlakatda liberallashuv jarayonini “rasman” boshlab bergan edi.

    Foto: Gas-kvas

    Foto: Gas-kvas

    Ozodlik nihollari Varshava shartnomasi bo‘yicha sovet tanklarini va Sovet ittifoqchilari qo‘shinlari tomonidan toptalgan bo‘lsa-da, “Praga bahori” deb atala boshlagan davr chexlar va slovaklarga yigirma yillik kommunizm hukmronligidan so‘ng chinakam yorqin kelajakka umid baxsh etgandi.

    “Dubchek saylanganidan keyin haqiqatda musaffo shamol esyotganini his qilish mumkin edi. Bu unutib bo‘lmas, ajoyib damlar edi. Odamlar erkin nafas ola boshladi. 20 yillik davr o‘tib ketib, vanihoyat yaxshi va quvonchli nimadir boshlangandek edi. ‘Temir parda’ yo‘qolib, dunyo bizga ochilgandi”, — deya eslaydi “Praga bahori”ning ramzlardan biriga aylangan marta Kubishova. U 1968-yilning yanvarida taniqli qo‘shiqchi, Golden Kids guruhining mashhur vokalchisi bo‘lgan.

    Chexiyalik tarixchi Pyotr Blajekning aytishicha, Dubchekning hokimiyat tepasiga kelishi “Praga bahori” yo‘lidagi zanjirning oxirgi bog‘iga aylangan. Bundan oldin 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida Chexoslovakiya va Polshada siyosiy mahbuslarning ozod etilishi, 1967-yilda chexoslovakiyalik yozuvchilarning noroziliklari va iqtisodiy islohotlarning shoshilinch zarurati bor edi.

    Foto: Gas-kvas

    Foto: Gas-kvas

    Dubchek tomonidan joriy etilgan eng radikal yangilik bu 1968-yil aprelda senzuraning bekor qilinishi bo‘lgan. Buning samarasi bo‘lgan, ammo ikki tomonlama. “Bunga qadar senzura bo‘lgan jamiyatda insonlarga so‘z erkinligi bersangiz o‘zingiz ham muntazam tanqidlarga uchray boshlaysiz. Dubchek haddan ortiq radikal bo‘lgani uchun ham, yetarlicha radikal bo‘lmagani uchun ham tanqid qilinardi”, — deydi tarixchi Yan Adamek.

    Praga islohotchilari (hech bo‘lmaganda islohotlarning o‘sha bosqichida) Kommunistik partiyani yetakchilik rolidan mahrum qilish niyatida bo‘lmagan. Ammo SSSR rahbariyati, shuningdek, GDR va Bolgariya islohotlarni yuqoridan ham, pastdan bo‘layotgan bosimlar bilan ham kuzatgan — Chexoslovakiya xalqi katta-katta o‘zgarishlarni istardi. 1968-yil 21-avgustda Varshava shartnomasi qo‘shinlari Chexoslovakiya SSR hududiga kirgan — millionga yaqin askar va ofitserlar: “bahor” tugagan, sovet okkupatsiyasi boshlangan.

    Qo‘shinlarning kiritilishi va norozilik namoyishlari bostirilayotgan paytda Marta Kubishova Dubchekni ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlagan. U tinchlikka chaqiruvchi ballada yozgan bo‘lib, qo‘shiq keyinchalik Chexoslovakiya qarshilik kuchlarining madhiyasiga aylangan. Ushbu qo‘shiq ko‘p o‘tmay efirlardan olib tashlangan, qo‘shiqchining o‘ziga esa 20 yil davomida tadbirlarda chiqish taqiqlangan.

    Foto: Gas-kvas

    Foto: Gas-kvas

     

    “Praga bahori” yetti oydan ko‘proq davom etgan. U deyarli barcha islohotlarning bekor qilinishi bilan yakunlangan. Ziyoli qatlam va yoshlarning katta qismi G‘arbga ko‘chib ketgan. Ammo ozodlik ta’mi kommunizm qachondir tugashiga umid berib turgan.

    Sotsialistik tizim qulagach, Chexiya, Slovakiya, Germaniyaning davlat xavfsizlik arxivlari ochilganidan keyingina bosqinning tafsilotlari oshkor bo‘lgan. “Praga bahori” vaqtida Sharqiy Germaniya Davlat xavfsizlik vazirligining o‘nlab agentlari chexoslavakiyalik faollarni kuzatib yurgan. Varshava shartnomasiga ko‘ra qo‘shinlar kiritilgach, aynan shu agentlar muxolifatchilarni ta’qib qilish, eng itoatsizlarni jilovlash, yer osti bosmaxonalari va radiostansiyalarni vayron qilish bo‘yicha ekspertga aylangan.

    21-avgust kuni tonggi soat 04:30 da sovet qo‘shinlari bronotexnika va tanklar yordamida Chexoslovakiya kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi binosini o‘rab olgan. Soat 10:00 da Dubchek, bosh vazir Chernik, parlament raisi Smrkovskiy, Milliy front rahbari Krigel va yana bir qator yuqori mansabli shaxslar qo‘lga olinib, BTRlarda aerodromga olib borilgan va Moskvaga olib ketilgandi.

    Foto: Gas-kvas

    Foto: Gas-kvas

    Ularni bir necha kun davomida Moskvada tutqunlikda ushlab turilgan, so‘ng ularga 15 punktdan iborat, SSSR manfaatlari birlamchi inobatga olingan bayonnomaga imzo qo‘yishni taklif etishgan. Ammo Dubchek hujjatni imzolashga rozi bo‘lmagan. Shundan so‘ng Moskva Chexoslovakiya kommunistik partiyasi birinchi kotibi Dubchekni “sog‘ligi yomonlashgani uchun” lavozimdan ozod qilish hamda Gustak Gusevni uning o‘rniga tayinlash haqida Chexoslovakiya kommunistik partiyasi nomidan qaror e’lon qilib yuborgan. 23-avgustda yangi qo‘g‘irchoq rahbar Gustak Gusev SSSR talab qilgan protokolni imzolab bergan. Shundan so‘ng Chexoslovakiyaning Moskvaga tutqun sifatida keltirilgan rahbarlari ortga qaytarilgandi.

    Oradan biroz o‘tib, Dubchek Chexoslovakiya kommunistik partiyasi safidan o‘chirilgan va uy qamog‘iga olingan. U 1985-yilda, SSSR taxtiga Mixail Gorbachyov kelib, oshkoralik va qayta qurish boshlanganida uy qamog‘idan ozod bo‘lgan va Chexoslovakiya ozodligi uchun harakat boshlagan. Dubchek 1989-yilda Chexoslovakiya kommunistik tuzumdan qutilishida muhim rollardan birini bajargan. Biroq u 1992-yilda avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan.

    Foto: Gas-kvas

    Foto: Gas-kvas

    Qozog‘istonda gaz narxining oshishi sabab yuzaga kelgan ommaviy namoyishlar

    Qozog‘istonda gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlangani sabab 5-yanvar kuni mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingandi.

    Foto: “123.ru”

    Foto: “123.ru”

    2-yanvar kuni Janao‘zen shahrida (Mang‘istov viloyati) avtomobil egalari 1-yanvardan boshlab litri 60 tengedan (1 492 so‘m) 120 tengega (2 984 so‘m) ko‘tarilgan suyultirilgan gaz narxini pasaytirish talabi bilan mitingga chiqqan. Xuddi shunday mitinglar butun viloyat, jumladan, viloyat markazi Aqtov shahrida ham bo‘lib o‘tgandi.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumatga “Janao‘zendagi vaziyatni zudlik bilan iqtisodiy maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda huquqiy sohada ko‘rib chiqish”ni topshiradi. 3-yanvar kuni Qozog‘iston hukumati davlat rahbari nomidan Mang‘istov viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzilganini e’lon qilgan va suyultirilgan neft gazi narxini tartibga solish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga va’da bergandi.

    Mang‘istov viloyatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalari o‘z tashabbusi bilan gaz narxini bir litr uchun 120 tengedan 85-90 tengega (2 200 so‘m atrofida) tushirishga rozi bo‘lgan. Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi tomonidan yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalariga nisbatan narxni belgilashda o‘zaro til biriktirish bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.

    4 va 5-yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatilgandi. Qozog‘istondagi tartibsizliklar fonida mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilingan. Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev KXShTdan tinchlikparvar kuchlarini yuborishni so‘ragandi. 6-yanvardan Qozog‘istonga KXSHT harbiylarini jo‘natish boshlangan.

     

    11-yanvar kuni To‘qayev mamlakatdagi vaziyat barqarorlashgani, ikki kundan keyin tinchlikparvar kuchlarni olib chiqish boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi. 19-may kuni Rossiya Qozog‘istondan tinchlikparvar kuchlarini olib chiqishni yakunlagandi.

    To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT Qozog‘iston uchun og‘ir vaziyatda ko‘mak ko‘rsatgan, ularning kelishi Olmaotani hujumchilardan ozod etish imkonini bergan. Olmaota va to‘qqizta viloyat markazlari ularning qo‘liga o‘tib ketgan payt bo‘ldi, biroq KXSHT kontingenti kelib, Qozog‘istonning eng yirik shahrini hujumchilar qo‘lidan olib qo‘yishga yordam berdi, degandi mamlakat prezidenti.

    Foto: “123.ru”

    Foto: “123.ru”

    Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti — ayni paytda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonni o‘z ichiga olgan Yevrosiyo hukumatlararo harbiy ittifoqi. Tashkilotni tuzish haqidagi shartnoma 1992-yil 15-mayda imzolangan. KXSHT maqsadlari tinchlikni, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, a’zo davlatlar mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini kollektiv asosda himoyalashdan iborat.

    Keyinroq Qozog‘istonda yanvar oyida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida qo‘lga olingan 18 nafar xorijlik hamon hibsda qolayotgani, ularning aksariyatini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etishi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgandi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

     

    Mavzuga doir: Seulni egallagan KXDR qo‘shinlari, “Yil odami”ga aylangan Stalin va dunyodagi eng baland inshoot — Burj-Xalifaning ochilishi. Kun xronologiyasida 4-yanvar

     

    05.01.2023, 09:30   Izoh (0)   53887
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina birinchi marta G‘arbda ishlab chiqilgan yengil tanklarni qo‘lga kiritadi. Bu — Fransiyaning AMX-10 RC zirhli avtomobillari

    05.01.2023, 09:19

    Saudiya Arabistonining ayol elchilari: Qirollik yuziga aylangan 5 ayol haqida

    05.01.2023, 09:02

    Belarusning Ukraina bilan chegarasida Rossiya 10 mingga yaqin harbiy yig‘gani aytilmoqda

    04.01.2023, 23:19

    “Putin saraton kasalligiga chalingan, u tez orada vafot etadi” — Ukraina razvedkasi rahbari

    04.01.2023, 22:54

    NASA Yerning yuqori aniqlikdagi suratini namoyish qildi (foto)

    04.01.2023, 21:20

    Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya armiyasidagi katta yo‘qotishlar sababini ma’lum qildi

    04.01.2023, 20:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uy yumushlari sababli Instagram’da 2 ta obunachisini yo‘qotgan hindistonlik ayol erini politsiyaga berdi

    Dunyo | 21 iyun, 14:50

    Erondagi 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston orqali vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 14:49

    Ma’nosi oltinga teng bo‘lgan, ammo ko‘pchilik ko‘rmagan qadrdon multfilmlar

    Kino | 21 iyun, 14:20

    O‘zbekistonda Germaniya universiteti tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 14:00

    Yohansson tanqiddan qo‘rqadi, Bullok esa xakerlardan: nima uchun ba’zi mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan voz kechgan?

    Shou-biznes | 21 iyun, 13:45

    Yangi iPhone 18 Pro va Pro Max’ning old kamerasi ko‘rinmas bo‘ladi

    Texnologiyalar | 21 iyun, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.