Bo‘stonliqdagi tog‘larga dam olish maqsadida chiqib, soyga tushib ketgan fuqaro qutqarildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-yanvar kuni soat 14:30 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor boshqaruv markaziga bir guruh fuqarolar Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larga dam olish maqsadida chiqib, ulardan birining oyog‘i sirpanib soyga tushib ketgani va chiqaolmayotgani to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida soyda qolib ketgan fuqaro qutqarib qolingan va sog‘-salomat pastga olib tushilgan.
Izoh (0)