Daryo

O‘zbekistonda kelasi hafta anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda

9-yanvardan Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishni boshlaydi

1 daqiqa o‘qish67 912 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston hududiga 9-yanvar kuni Volgabo‘yi hududlaridan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet” .

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

9—11-yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

9—10-yanvarda ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

10—15-yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12—17 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuq, shimolda kechalari 17-22 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 darajaga sovuq, kunduz kunlari 7-10 darajaga sovuq, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-5 darajagacha pasayadi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar