Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 16-turida “Inter” 4-yanvar, chorshanba kuni “Napoli” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar qancha harakat qilishmasin, darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘lim ham teng kurashlar ostida kechdi. Biroq 56-daqiqada milanliklar hujumchisi Edin Jeko gol urib, hisobni ochdi. Ushbu gol uchrashuv yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi va “nerazzuri” muhiim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
“Inter” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 33 taga yetkazib, 4-o‘rinni egalladi. “Napoli” esa yutqazganiga qaramasdan, 41 ochko bilan musobaqa peshqadamligini saqlab turibdi.
A Seriya
16-tur bahsi
4-yanvar, chorshanba
“Inter” – “Napoli” 1:0
Gol: 1:0 – 56 Jeko.“Inter”: Onana, Darmian (Dumfris, 76), Acherbi, Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Gozens, 65), Mxitaryan (Galyardini, 83), Chalhano‘g‘lu, Barella, Jeko (Korrea, 76), Lukaku (Martines, 64).
“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka (Simeone, 85), Zelinski (Raspadori, 65), Zambo-Angissa (Ndombele, 76), Politano (Losano, 65), Osimhen, Kvarasxeliya (Elmaz, 76).
Ogohlantirishlar: Jeko (27), Barella (84), Di Lorenso (85), Dumfris (87), Kim Min Chje (88).
Izoh (0)