Surxondaryo viloyati Angor tumanida 1-yanvar kuni Labo kanalga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 20:00 da kanalga mashina tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Mahalla inspektori va raisi voqea joyiga yetib kelib, tegishli bo‘linmalarga xabar berilgan.
Viloyat YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Saydulla Safarovning ma’lum qilishicha, haydovchi mastlik oqibatida tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangan va mashinada kanalga tushib ketgan.
Hudud o‘rganilganda kanal mashinalar harakati uchun moslashtirilmagani, to‘siqlar o‘rnatilmagani, hozirda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani hamda yo‘l belgilarining sifati yaxshi emasligi aniqlandi.
Mavzuga doir: Samarqandda Nexia kanalga tushib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Ularning ikki nafari maktab o‘quvchisi
Izoh (0)