Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi Akmaljon Xudoyberdiyev va Maftuna Qurbonova oilasida 3-yanvar kuni biryo‘la uch farzand dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Ularning hammasi qizaloq. Oilada shu paytgacha bir qiz farzand tarbiyalanayotgan edi. Endi ular 4 nafar bo‘ldi.
Tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruqxona bo‘limi shifokori Samiyaxon Isoqovaning aytishicha, tumanda oxirgi marta 2016-yilda shunday uch egizak tug‘ilgan.
Egizaklar va ularning onasi sog‘lom ekanligi aytilmoqda.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2023-yilning birinchi kunida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum qilindi
Izoh (0)