Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi chorrahada haydovchilar yo‘l talashib janjallashdi. Viloyat IIB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 31-dekabr kuni O‘zbekiston shohko‘chasi va Xondamir ko‘chasi kesishmalarida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga mas’ullar yetib borib, ishtirokchilar shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Hozirda mas’ullar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilib, qonun ustuvorligi ta’minlanadi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)