MIB Namangan shahar bo‘limida qalbaki valyutani yo‘q qilish tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Namanganlik ikki fuqaro jami 10 600 AQSH dollari miqdoridagi soxta pullarni o‘tkazishga urinish chog‘ida qo‘lga olingandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan mazkur ish ko‘rib chiqilib, aybdorlarga tegishli jazo tayinlandi.
Sud ijro varaqasida ashyoviy dalil sifatida olingan qalbaki pul birliklarini yo‘q qilinishi belgilangandi. Joriy yil 29-dekabr kuni MIB Namangan shahar bo‘limida ushbu tadbir amalga oshirildi.
Huquq-tartibot idoralari va OAV vakillari ishtirokida soxta 10 600 AQSH dollari yoqib yuborildi.
Mavzuga doir:Namanganda qalbaki 8300 dollarni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi
Izoh (0)