2022-yil ham yakuniga yetmoqda. Yil boshida hamma oldiga aniq maqsad va rejalarni qo‘yib, yakunida sarhisob qilishga odatlangan.
Xo‘sh, yakunlanayotgan yilda ko‘zlagan rejalaringiz amalga oshdimi? Ushbu savol bilan poytaxtning ayrim aholi vakillariga murojaat qildik.
“Daryo”da kichik so‘rovnomа!
So‘rovnomada qatnashganlarning deyarli ko‘pchiligi yil boshida oldiga qo‘ygan maqsadlarini amalga oshira olganini aytib o‘tdi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, 2022-yil omadli kelgan.
Yo‘lovchi ayolning aytishicha, 2023-yilda farzandi talaba bo‘lishini xohlaydi.
“Bu yil ko‘p orzularimga erishdim. Eng katta niyatim o‘qishga kirish edi. Hozir talabaman. Endi mashina sotib olishni reja qilyapman”, — deya qayd etdi talaba yigit.
Izoh (0)