Noyabr oyida Xitoydan elektromobillar eksporti rekord darajadagi 3,2 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning noyabr oyidagi elektromobillar eksporti oylik yetkazib berish bo‘yicha yangi rekorddir.
Volkswagen va BMW kabi Yevropa konsernlari Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarish quvvati yo‘qligi sababli Xitoyda elektromobil ishlab chiqarishni, keyin esa ularni Yevropaga import qilishni afzal ko‘rmoqda.
Natijada, noyabr oyida Xitoyning elektr transport vositalarining 70 foizi Yevropa hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, ketma-ket ikkinchi oy elektromobillar Xitoydan jami avtomobil eksportining yarmidan ko‘pini tashkil qildi.
O‘zbekiston ham o‘n bir oyda Xitoydan 1 675 ta elektromobil import qilgan. Birgina noyabr oyining o‘zida Xitoydan 147 dona elektromobil olib kelingan. Bu butun boshli 2020-yilgi (130 dona) ko‘rsatkichdan ko‘ra ko‘proq.
Avvalroq O‘zbekistonda elektromobil va gibrid avtomobillar 2030-yilgacha bojxona bojidan ozod etilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)