O‘zbekistonda iste’molchilarga to‘langan keshbeklar miqdori 602 milliard so‘mdan oshdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yil boshidan beri (yanvar—noyabr) 1,7 mln nafar iste’molchiga keshbeklar to‘lab berilgan. Noyabr oyida to‘lab berilgan keshbeklar miqdori 85,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Oktabr oyi uchun 1,2 mln nafar iste’molchiga 87 mlrd so‘m keshbek to‘langan edi. Sentabr oyida ham 1,2 mln nafar iste’molchiga 90,5 mlrd so‘m miqdorida keshbek to‘lab berilgan. Bu hozircha rekord bo‘lib turibdi.
Foydalanuvchi shaxsini aniqlash va xavfsizlik maqsadida 500 000 so‘mdan ortiq keshbek mablag‘larini bank kartasiga o‘tkazishda Face ID (avtorizatsiya) dan o‘tish talab etiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda onlayn kassalar orqali berilgan cheklarni tahrirlashga ruxsat berilgan edi.
Izoh (0)