• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Yonida ruchka olib yuradi, changyutgich shovqiniga uxlaydi: g‘alati odatlari bilan muxlislarini hayratda qoldiradigan mashhurlar (foto)

    Har bir insonning o‘ziga xos xususiyatlari bor, ulardagi odatlar boshqalarga g‘alati tuyulishi mumkin. Ayrim mashhurlar ham ayrim ba’zi odatlari bilan muxlislarining e’tiboriga tushgan. Masalan, model Xeydi Klum omadi kelishi uchun o‘zi bilan birga qopchada tishini olib yuradi, aktyor Kolin Farrell esa film suratga olish jarayonining birinchi kunida doim bir xil bokschi shortilarini kiyadi. AdMe nashri mashhurlarning g‘alati odatlari haqida ma’lumot berdi.

    Keti Perri 

    Xonanda Keti Perri kuniga kamida 3 marotaba tishlarini tozalaydi. “Men tishlarimni har doim yuvib turaman, chunki ularning Britni Spirsniki kabi oppoq bo‘lishini xohlardim. Bolaligimda 13 ta kariyesim bor edi, shuning uchun mening nimaga bunchalik tashvishlanayotganimni tasavvur qilishingiz mumkin”, — deydi Keti.

    Xonandaning yaqin insonlaridan biri u plomba qo‘yishdan qo‘rqqani uchun kuniga 6 marta tishlarini tozalashini aytgan. Shuningdek, u Keti Perrida har doim 20 ta yangi tish cho‘tkasi bo‘lishini ta’kidladi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Kit Harington

    “Taxtlar o‘yini” filmidagi aktyor Kit Haringtonning qahramoni Jon Snou har doim o‘zi bilan qilich olib yurgan. Biroq aktyor hayotda doimo o‘zi bilan sharikli ruchka olib yuradi. “Bolaligimdan menda omad tumori bor — ruchkani hamma joyda olib yuraman”, — deydi Harington.

    Aktyorning yana bir kulgili odati bor. U har safar samolyotga chiqish arafasida uch marta samolyotning tashqi tomonini ushlaydi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Merayya Keri 

    2013-yilda tabloidlar mashhur xonanda Merayya Keri haftasiga 3 kun faqat olxo‘ri, uzum va baqlajon kabi binafsha rangdagi taomlarni iste’mol qilgani haqida xabar berdi. Xonanda ushbu parhez yordamida keyinchalik farzandini dunyoga keltirganidan so‘ng ozishga harakat qildi.

    Merayya Kerining yana bir qiziq odati shundaki, u uyqu paytida yotoqxonasida 20 ta namlagichni yoqadi. Natijada uning xonasi bug‘xonaga o‘xshaydi. Bunday nam havo xonandaning ovoz paychalarining ajoyib holatda qolishini ta’minlaydi. Merayyaning yotoqxonasidagi shift egilgan, shuning uchun kondensat pastga oqadi va uning boshiga tushmaydi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Jessika Bil 

    Aktrisa Jessika 2017-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga dushda ovqatlanayotgani aks etgan suratini joylashtirdi. Ko‘rsatuvlardan birida Jessika bu g‘alati fotosuratiga: “Bu shunchaki onaning hayoti”, — deb izoh berdi. Ma’lumot uchun, aktrisa 2015-yilda turmush o‘rtog‘i Jastin Timberleyk bilan ota-ona bo‘lgan edi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Keyt Hadson

    Keyt Hadson terini bir zumda taranglashtirish usuli bilan o‘rtoqlashdi. “Tez uyg‘onish yoki terim kamroq xira bo‘lishi uchun boshimni muzli idishga botiraman. Bu xuddi yuzingizni sovuq suvga botirganga o‘xshaydi”, — deydi aktrisa. Bu usulni unga Gollivudning mashhur aktyorlaridan biri bo‘lgan Pol Nyuman o‘rgatgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Mark Uolberg

    Mark Uolberg 2018-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga o‘zining g‘alati kun tartibini joylashtirdi. Shundan keyin aktyor, prodyuser, biznesmen, sobiq model, reper, qo‘shiqlar muallifi qanday qilib ko‘p vazifalarni samarali bajarishi aniq bo‘ldi.

    Ma’lum bo‘lishicha, aktyor soat 2:30 da uyg‘onadi, 2 marta ovqatlanadi, mashq qiladi, golf o‘ynaydi, kriyoterapiya seansidan o‘tadi. Jadvalda kundalik va ish daqiqalari ham bor, keyin yana mashg‘ulotlar va 19:30 da uxlash vaqti belgilangan. Aktyorning 350 million dollarlik boyligiga qaraganda, bunday qattiq rejim o‘z samarasini bermoqda.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Jessika Alba

    Mashhur aktrisa Jessika Alba suvga pushti Himolay tuzini qo‘shib iste’mol qiladi. Gap shundaki, aktrisa yoga bilan shug‘ullangani sababli unga oddiy suv yetarli bo‘lmaydi. “Gunohlar shahri” va “Fantastik to‘rtlik” filmi yulduzi qondagi shakar miqdorining va qon bosimining pastligi tufayli juda ko‘p tuzli parhezga rioya qilishga majbur bo‘lganini ta’kidlaydi. Aks holda, Jessika Alba o‘zining so‘zlariga ko‘ra, “aqldan ozgan” bo‘lar edi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jeyson Sigel 

    “Men onang bilan qanday uchrashdim” seriali va “Qo‘g‘irchoqlar” multfilmi yulduzi Jeyson Sigel qo‘g‘irchoqlarga bo‘lgan ishtiyoqidan uyalmaydi. Bu qo‘g‘irchoqlar tom ma’noda uning hayotini egallab oldi. Aktyorning uyida qo‘g‘irchoqlar bilan to‘la shaxsiy xonasi ham bor.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ketrin Zeta-Jons

    Bir marta aktrisa tishlarini qulupnay bilan yuvganini tan olgan. “Qulupnay sharbati yoki mag‘zida olma kislotasi mavjud bo‘lib, u biriktiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va yuzaki dog‘larni yengillashtiradi. Ananaslar xuddi shunday xususiyatga ega”, — deydi aktrisa.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Stiven King

    Amerikalik yozuvchi Stiven King shirinliklarni juda yaxshi ko‘rishini aytgan. U Bon Appetit nashriga bergan intervyusida shirinliklar uning aqli uchun ozuqa ekanini, shuning uchun u har kuni yozishga o‘tirishidan oldin bir bo‘lak chizkeyk yeyishini ta’kidlagan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Ueyn Runi

    Eng yaxshi ingliz futbolchilaridan biri Ueyn Runi ba’zida uzoq vaqt uxlay olmasligini aytgan. Runi uyqusizlikni yengish uchun changyutgich yoki fenni yoqadi. Elektr moslamasining shovqini ostida futbolchi xotirjamlik bilan uxlay oladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bleyk Layvli 

    Aktrisa Bleyk Layvli 2014-yilda ipakdek sochlarini mayonez bilan yuvishini oshkor qildi. U bu usulni onasi o‘rgatganini aytgan. Sochingizni yuvishdan oldin uchlariga mayonez surting. Shundan keyin shampun sochlarni yumshatadi, ular namlangandek ko‘rinadi va uchlari mo‘rt bo‘lmaydi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Mavzuga doir:

    • Skarlett Yoxansson, Lesli Xemilton va egizagi bor boshqa mashhurlar (foto).
    • Mashhurlar oilasida dunyoga kelganini ko‘pchilik bilmaydigan Gollivud yulduzlari (foto).
    • Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
    • Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto

    23.12.2022, 16:55   Izoh (0)   17604
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud studiyalari chalg‘ituvchi treylerlar uchun sudda javobgarlikka tortilishi mumkin

    23.12.2022, 12:41

    Gollivud yulduzi Silvestr Stallone yangi uyini sotuvga qo‘ydi (video)

    22.12.2022, 19:39

    Sevgidan kuygan Makoley Kalkin salkam 40 yoshida qanday qilib haqiqiy baxtini uchratgani haqida

    22.12.2022, 17:57

    Nafaqat ekranda, balki hayotda ham samimiy bo‘lgan jahon yulduzlari (foto)

    22.12.2022, 16:52

    Nafaqat iste’dodi, balki yaxshi ishlari bilan ham hayratda qoldiradigan Gollivud aktrisalari

    22.12.2022, 11:38

    Instagram: Qizini uzatayotgan Farhod Saidov, Dilnoza Kubayevadan “kaltak yegan” Ali Otajonov, Nilufar Usmonova Italiyaga, Liil Xurramov AQSHga ketdi

    21.12.2022, 22:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.