Daryo

“Tinchlik istasang, urushga tayyorlan”: Lukashenko nega Ukraina yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini aytdi (video)

Belarus prezidenti mamlakatga hujum qilish ehtimoli va bunga kim sababchi bo‘lishi haqida gapirdi

1 daqiqa o‘qish25 610 ko‘rishlar0 izoh0
gdjdfjdjdjfid 3.-l,g,hkgm2.22yil Fotlo

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina bilan chegarada harbiy manyovrlar o‘tkazilayotgani sababini aytdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: AFP

Lukashenko mamlakatga hujum qilish ehtimolini sababli himoya maqsadida manyovrlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

“Tinchlik istasang, urushga tayyorlan. Bu bilan men jamiyatimizda, ayniqsa, internetda Belarus va Rossiya qurolli kuchlarining birgalikdagi harakati haqidagi mish-mishlarga javob bermoqchiman”, — dedi u.

Siyosatchi mamlakatda tashqi tahdidlarga javob berish uchun Rossiya va Belarus qo‘shinlarining qo‘shma guruhi tuzilganini eslatdi. Shu munosabat bilan mashg‘ulotlar olib borilishini qo‘shimcha qildi.

”Biz o‘z hududimizda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdamiz. Qurolli kuchlarimiz qo‘shma guruhini o‘zimiz zarur deb bilgan joyga ko‘chirmoqdamiz. Tamom. Boshqa hech qanday niyat va fitna ko‘zlanmagan”, — deydi Belarus rahbari.

U Belarusga qarshi tajovuzni istisno qilmadi va bu qo‘shni davlatlarda paydo bo‘layotganini qo‘shimcha qildi.

“Bilamizki, chegaralarimizda keskinlikni keltirib chiqarishi uchun aynan qo‘shnilar orqadan harakat qiladi”, — deya ta’kidladi prezident.

Lukashenko Belarus armiyasida “tezkor reaksiya” kuchlari mavjudligi, qisqa vaqt ichida ular ogohlantirilib, mojaro zonasiga yuborilishini qo”shimcha qildi.

Mavzuga doir: Belarusda armiyaning jangovar tayyorgarligini to‘satdan tekshirish boshlandi

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar