• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 22-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 22-dekabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Nima uchun Gretsiya Belarusdan keladigan samolyotlar uchun o‘z havo hududini yopmoqda?

    Gretsiya Belarusdan keladigan samolyotlar uchun o‘z havo hududini yopdi va milliy aviatashuvchilariga Belarusga parvozlarni taqiqladi. Bu haqda Pentapostagma nashri Gretsiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (HCAA) bayonotiga tayanib xabar berdi.

    Belarus samolyotlariga “Gretsiya respublikasi hududiga qo‘nish, undan ko‘tarilish yoki uning ustidan uchib o‘tish taqiqlanadi”. Favqulodda vaziyatlar, shuningdek, gumanitar va tibbiy samolyotlar uchun istisno mavjud.

    Jurnalistlarning tushuntirishicha, Gretsiya rasmiylarining qarori Belarusning Ukrainadagi urushda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xavotirlar bilan bog‘liq. Belarus Minsk Ukrainadagi mojaroda ishtirok etish niyatida emasligini bir necha bor ta’kidlagan.

    Ammo so‘nggi oylarda mamlakatda Rossiya jangchilari va qurollari, jumladan, tanklar va bronetransportyorlardan iborat mintaqaviy qo‘shinlar guruhi joylashtirildi. 20-dekabr kuni Moskva va Minsk yagona mudofaa maydonini yaratishga kelishib oldi. Ayni vaziyatda CNN jurnalistlari xabar berishicha sun’iy yo'ldoshdan Rossiya Arktikadagi harbiy bazalarini kuchaytirayotgani aniqlangan.

    Zelenskiy AQSHga tashrifdan ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmadimi?

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga tashrifidan ko‘zlangan maqsadga erisha olmadi, u hujum operatsiyalarini olib borish uchun zamonaviyroq qurol-yarog‘lar olishni rejalashtirgan edi. The Washington Post gazetasida e’lon qilingan maqolada shunday fikrlar bildirildi.

    Nashr fikricha, ikki davlat rahbarining muzokaralardan ko‘zlagan maqsadlari turlicha bo‘lgan. Xususan, Zelenskiyning maqsadi kelasi yilda “Ukrainaning yirik hujum operatsiyalarini boshlash qobiliyatini oshirish uchun yanada kuchliroq qurol-yarog‘”ni qo‘lga kirishdan iborat bo‘lgan. “Hech bo‘lmaganda, qisqa muddatli istiqbolda u bunga erisha olganidan darak beruvchi belgilar deyarli ko‘rinmadi”, — deb ta’kidlaydi maqola mualliflari.

    O‘z navbatida, Vashington ma’muriyati Zelenskiy “diplomatiya haqida qanday fikrda ekani bo‘yicha muhokamalar”ni sabrsizlik bilan kutgan, bu haqda gazetaga Oq uydagi manbasi ma’lum qilgan. “U hozir qaysi bosqichda turgani, muzokaralar jarayonini tezlashtirish mumkin bo‘lishi uchun Kiyev maksimal darajada kuchli pozitsiyada turganiga ishonch hosil qilish uchun unga nima kerakligi — shularni muhokama qilishni ko‘zlagan”, — deya qo‘shib qo‘ydi nashr manbasi.Zelenskiyning o‘zi esa Ukrainaga “ajoyib yangiliklar” bilan qaytayotganini ma’lum qildi.

    Shuningdek, Zelenskiy AQSH Kongressi 45 milliard dollarlik yordam paketini uning tarkibidan qat’iy nazar qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirgan. Prezident Ukrainaning vazifasi — mamlakat infratuzilmasiga nisbatan davom etayotgan zarbalar fonida qishdan o‘tib olish ekanini aytgan.

    Tog‘li Qorabog‘da Rossiya tinchlikparvar kuchlari o‘z vazifasini bajarmaganlikda ayblanmoqda

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon tomonidan Lochin yo‘lagi yopib qo‘yilgani sabab Tog‘li Qorabog‘da og‘ir gumanitar vaziyat yuzaga kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Armanistonni Qorabog‘ hududi bilan bog‘laydigan yagona yo‘lning to‘sib qo‘yilishi ortidan u yerda oziq-ovqat muammosi boshlangan.

    “Bokuning harakatlari noqonuniydir va xalqaro majburiyatlarni, xususan, 2020-yil 9-noyabrdagi uch tomonlama bayonot qoidalarini buzadi”, — dedi Pashinyan Armaniston Vazirlar Mahkamasi majlisida.

    Armaniston bosh vaziri, shuningdek, Rossiya tinchlikparvar korpusi kuchlarini o‘z majburiyatlarini bajarmayotgani uchun tanqid qildi. “Albatta, bu Ozarbayjonning harakatlari bilan bog‘liq, ammo bu masalaning mohiyatini o‘zgartirmaydi. Rossiya tinchlikparvar kuchlarining u yerda bo‘lishidan asosiy maqsad — noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va Lochin yo‘lagini nazorat ostida ushlab turish”, — degan bosh vazir.

    3-dekabr kuni Tog‘li Qorabog‘ vakillari Ozarbayjon harbiylari respublika poytaxti Stepanakertni Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘yganini ma’lum qildi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari avtomagistralni ochish uchun muzokaralarga kirishishi kerak edi. 12-dekabr kuni Ozarbayjon fuqarolarining Ozarbayjon nazorati zonasidan tashqaridagi konda qazib olingan rudani mintaqadan eksport qilishni to‘xtatishni talab qiluvchi noroziligi tufayli Lochin yo‘lagi transport harakati uchun yopildi.

    13-dekabr kuni Ozarbayjon Armanistondan Tog‘li Qorabog‘ga gaz yetkazib berilishini to‘xtatdi.

    O‘zbekistonda qisqartiriladigan vazirliklar uchun takliflar berila boshladi

    Iqtisodchi Abdulla Abduqodirov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida ayrim vazirlik va idoralarni qisqartirish hamda birlashtirib yuborish masalasida fikr bildirdi.

    “G‘aznachilikni Moliya vazirligidan alohida chiqarib, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birlashtirib yuborish kerak. Iqtisodiyot vazirligi bilan Moliya vazirligini ham birlashtirsa bo‘ladi.

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini Investitsiyalar va sanoat vazirligiga aylantirish lozim. Chunki sanoat siyosati yaqqol ko‘rinmayapti. Tog‘-kon sanoatida qilinayotgan katta ishlarga prezident ham e’tibor berdi. Nima uchun bu ishlarni qilyapmiz? Xo‘p, misni ishlab chiqaraylik. Keyin uni nima qilamiz, mahsulotni qayta ishlash masalasi ham bo‘ladimi yoki yo‘q? Sanoat siyosati bugun biz uchun juda dolzarb masala. Lekin uni investitsiyadan tashqari holda ko‘rish imkoniyati yo‘q.

    Shu bilan birga, bugun ijtimoiy himoyaga javob beradigan vazirlik ham kerak. To‘g‘ri, bunday vazirlik bir paytlar bo‘lgandi. Menimcha, Mehnat vazirligi bilan ijtimoiy himoya vazirligini bitta qilib tashkil etish mumkin. U kambag‘allikni qisqartirishga ham javob berishi kerak”, — deydi iqtisodchi.

    Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytirilishini, davlat xizmatchilari soni ham bosqichma-bosqich 25-30 foizga qisqarishini aytgandi.

    22.12.2022, 22:06   Izoh (0)   11594
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Marsda energiya ishlab chiqarish uchun yetarlicha shamol borligi aniqlandi

    22.12.2022, 21:34

    Qirg‘iziston TIV aholini Tojikistonga bormaslikka chaqirdi

    22.12.2022, 20:59

    “Tinchlik istasang, urushga tayyorlan”: Lukashenko nega Ukraina yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini aytdi (video)

    22.12.2022, 20:26

    Yevroittifoq “Tolibon” harakatini insoniyatga qarshi jinoyatda aybladi

    22.12.2022, 19:48

    Turkmanistonda yangi qurilayotgan shaharga Arqadag‘ nomi berildi

    22.12.2022, 19:07

    Sergey Shoygu “maxsus operatsiya zonasiga borgani” ma’lum qilindi (video)

    22.12.2022, 18:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.