• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSR samolyotini Xitoyga olib qochgan uchuvchi, birinchi jahon kubogining o‘g‘irlanishi va otib tashlangan afsonaviy “SMERSH” rahbari. Kun xronologiyasida 19-dekabr

    19-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Beriyaga soya solgan “SMERSH” rahbarining otilishi, SSSR samolyotini Xitoyga olib qochgan uchuvchi hamda birinchi jahon kubogining o‘g‘irlanishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Afsonaviy “SMERSH” rahbarining otilishi

    1954-yil 19-dekabr kuni hatto Beriyaning vakolatlariga soya solib, Stalinning asosiy vakiliga aylangan general-polkovnik Viktor Abakumov otish yo‘li bilan qatl etilgandi. Uning qulashi xuddi ko‘tarilishi kabi juda tez ro‘y bergan. 1953-yilda Stalinning vafoti mamlakatda ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolgandi, lekin Abakumovning emas.

    Foto: Public Domain

    Foto: Public Domain

    1908-yilda qora ishchi oilasida tug‘ilgan Viktor 14 yoshga to‘lganida otasiz qolgan va tirikchiligini o‘zi ko‘radigan vaqt boshlangandi. O‘smir ikki yil davomida 2-Moskva brigadasida ko‘ngilli sanitar bo‘lib xizmat qilgan. Keyin “Mospromsoyuz”ga qadoqlovchi bo‘lib ishga joylashgunga qadar vaqtinchalik ishlar bilan shug‘ullangan.

    Chiroyli qad-qomatidan tashqari Abakumovning kelib chiqishi o‘sha davr uchun mos kelardi, bu unga avvaliga “Komsomol”, so‘ngra partiya biletini qo‘lga kiritishga yordam bergan. 1930-yillarning boshlarida hokimiyat byurokratik apparatni haqiqiy proletarlar bilan aralashtirishga qaror qiladi. Shu sabab Viktor SSSR Ichki va tashqi savdo xalq komissariati ma’muriy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosariga aylangan.

    1932-yil yanvarda u Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasiga ishga yuborilgan va natijada Abakumov Moskva viloyatining iqtisodiy bo‘limi vakolatli vakili lavozimiga ko‘tarilgan. 24 yoshli yigit keng ko‘lamli imkoniyatlarga hayratga tushgan.

    Rahbariyat Abakumovning erkinliklariga uzoq qo‘yib bermagan — u “GULAG” tezkor boshqarmasining 3-bo‘limi tezkor komissari lavozimiga o‘tkazilgan. 1934-yilda karyeradagi bunday o‘zgarish sezilarli qulash hisoblanardi. U nafaqaga qadar tizimdagi kichik bir murvatligicha qolishi mumkin edi, ammo “Katta terror” barchasini o‘zgartirib yuborgan. Itoatkor Abakumov eng o‘jarlarning ham ko‘rsatma berishga majburlar olardi. Yoshligidan kurashga qiziqqan Viktor orttirgan ko‘nikmalaridan ayblovchilarga ta’sir ko‘rsatishda foydalangan. Uning qo‘liga tushganlar ham jismonan, ham ruhan sinardi.

    Foto: Public Domain

    Foto: Public Domain

    Davlat xavfsizligi ofitseri 1938-yil kuzida Maxfiy-siyosiy bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga qadar ko‘tarilgan. U shaxsan NKVD rahbari Lavrentiy Beriyaning e’tiboriga tushgandi. Viktor Abakumov NKVDning Rostov viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.

    1940-yil bahorida davlat xavfsizligi katta mayori lavozimiga chiqqan Abakumovdan Beriyaning ko‘ngli to‘lgan. 1941-yil boshida NKVD qayta tashkil etilgach, u Moskvaga chaqirib olingan va Beriyaning o‘rinbosari lavozimini egallagan. Yangi o‘rinbosar zimmasiga Maxsus bo‘limlar boshqarmasi boshlig‘i — harbiy kontrrazvedkani boshqarish topshirilgan. Mazkur boshqarma bazasida 1943-yili SSSR Harbiy mudofaa komissariatining “SMERSH” Kontrrazvedkasi bosh boshqarmasi tuzilgan.

    “SMERSH”ga Viktor Abakumov rahbar etib tayinlangan. Endilikda u mudofaa xalq komissari lavozimini egallab, to‘g‘ridan to‘g‘ri Iosif Stalinga bo‘ysungan. “SMERSH” Ikkinchi jahon urushi vaqtida kontrrazvedka tuzilmasida katta ishlarni amalga oshirgan. Nemis agenturasining sovet tomonidan faoliyati deyarli butunlay falajlangan. Urush yillarida 3,5 mingdan ortiq qo‘poruvchi va 6 ming terrorchi yo‘q qilingan.

    Foto: Public Domain

    Foto: Public Domain

    Quruq statistikaga ko‘ra, “SMERSH” tomonidan tekshiruvdan o‘tgan sovet fuqarolarining aksariyati hibsga olinmagan va ta’qiblarga uchramagan. Hatto shubha ostida bo‘lganlar ham tergov organlari tomonidan yaxshilab tekshirilgan. Bularning barchasi xato va vakolatlardan chetga chiqishlar bo‘lmaganini bildirmaydi, ammo “SMERSH” siyosiy repressiyalar bilan shug‘ullanmaganini aniq aytish mumkin.

    1945-yil yozida Viktor Abakumov general-polkovnik unvonini olgan. “SMERSH” SSSR Davlat xavfsizlik vazirligi tarkibiga boshqarma sifatida kiritilgan va Abakumov 1946-yil bahorida uning rahbari etib tayinlangan. U Beriyada yaqin hisoblangan Vsevolod Merkulov o‘rnini egallagandi.

    Stalin Beriyani uzoqlashtirib, Abakumovni yaqinlashtirgani yetmaganidek, Davlat xavfsizligi vazirligi eng nozik ishlar bilan shug‘ullanishni boshlagan. Buyruqlarni so‘zsiz bajarishga o‘rgangan Abakumov “xalqlar otasi”ning topshiriqlarini shu zahoti amalga oshirardi. 1940-yillar oxiri va 1950-yillar boshidagi barcha yirik siyosiy jarayonlar Davlat xavfsizligi vazirligi tomonidan nazorat qilingan.

    Bunday qudrat har qanday insonning boshini aylantirib qo‘yishi tabiiy edi. Abakumov hokimiyatdan qulab, yerto‘lalarda otilgan yuqori martabalilar taqdirini o‘ziga tegishli emas deb hisoblagan. Ammo 1951-yil 12-iyulda u hibsga olingan va Lefortova qamoqxonasiga joylashtirilgan. Unga mansab vakolatini suiiste’mol qilish, muhim materiallarni yashirish, “shifokorlar ishiga” to‘sqinlik qilishga urinish va yana ko‘p ayblovlar qo‘yilgan. Nafaqat vazir, balki qo‘lidagi to‘rt oylik o‘g‘li bilan rafiqasi ham qamoqqa olingan.

    Foto: Public Domain

    Foto: Public Domain

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Abakumov misli ko‘rilmagan qiynoqlarga solingan bo‘lsa-da, hech qanday ko‘rsatma bermagan va shu sababli uning ishi cho‘zilib ketgan. 1953-yil martda Stalin vafot etgan, shu yilning iyulida esa Lavrentiy Beriya hibsga olingan. Bu ko‘pchilikning ozodlikka chiqishiga sabab bo‘lgan, ammo general Abakumov uchun emas. Faqatgina ayblovlar o‘zgargan — u “Beriya to‘dasi” a’zosi sifatida ko‘rilgan.

    Viktor Abakumov ustidan sud jarayonlari 1954-yil 14-dekabrda Leningradda boshlangan. Sudda u o‘z aybini tan olmagan, faqat rahbariyat topshiriqlarini bajarganini bildirgan. 19-dekabr kuni esa u otishga hukm qilingan va jazo shu kuniyoq ijro etilgan.

    SSSR samolyotini Xitoyga olib qochgan uchuvchi

    1985-yil 19-dekabr kuni Shamil Alimuradov ismli uchuvchi SSSR samolyotini Xitoyga minib qochgandi. Taxtamigdadan Chitaga uchayotgan samolyotning ekipaj komandiri kabinasiga kirib olgan erkak pichoq bilan tahdid qilib, davlat chegarasini kesib o‘tishga buyruq bergan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Yakutsk fuqarolik aviatsiya boshqarmasining “An-24” samolyoti Yakutsk—Taxtamigda—Chita—Irkutsk yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilish edi, biroq kutilmaganda u o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Xitoyga qo‘ngan. Havo kemasining bortida 39 yo‘lovchi va besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, jumladan, ikkinchi uchuvchi Shamil Alimuradov ham. Chitaga yaqinlashilgan vaqtda u ekipaj komandiriga tahdid qilib, davlat chegarasini keskin o‘tishga majburlagan. OAV Alimuradovning SSSRdan qochishiga shaxsiy xafagarchiligi sabab bo‘lganini yozgan: uchuvchi rahbariyat uni havo kemasining komandiri lavozimiga ko‘tarmayotganidan qattiq norozi bo‘lgan.

    Alimuradovning o‘zi esa bu kabi xatti-harakatini boshqa narsa bilan izohlagan. Aviatsiya veteranining ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, u ataylab kamsitilish uchun matbuotda shunday bahonalar bilan yoritilgan. 2016-yilda Alimuradov “News.ykt.ru” tahririyatiga qo‘ng‘iroq qilib, mamlakatdan qochishi nashrlarda noto‘g‘ri talqin qilingani, aslini olganda u “sovet hukumatining qurboniga aylangan qahramon” ekanini bildirgan. Shu bilan birga, u jinoyatni sodir etishga “KGB” xodimlari turtki berganini aytgan.

    Xullas Chitaga uchish vaqtida shturman hojatga kirib ketgan. Alimuradov birinchi navbatda yo‘lovchilar saloni hammasi joyida ekanini tekshirgan. Kabinaga qaytib, styuardessa nosozlikdan shikoyat qilayotgan va u yerga mexanik kerakligini aytgan. Komandir Abramyan bilan yolg‘iz qolgan Alimuradov qo‘lbola pichoqni uning bo‘yniga tiragan va Xitoyda uchishni talab qilgan. Abramyanning e’tiroziga ikkinchi uchuvchi “Gapirmasdan bajar!”, degan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Nimadir sodir bo‘lganidan shubhalangan shturman va bortmexanik kabina eshigini taqillatishni boshlagan. Alimuradov ichkariga kirishga urinishlarni to‘xtatishni talab qilib, yo‘qotadigan hech narsasi qolmaganini ta’kidlagan. Abramyan samolyot olib qochilgani to‘g‘risida yerga signal berishga va dispetcher bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan.

    “Terrorchi — salondagi yo‘lovchi bo‘lsa boshqa narsa, u yoningda o‘tiradigan ekipaj a’zosi bo‘lsa — uman boshqa holatdir. Sen bunga ruhan tayyor emassan, bu xiyonatning eng oliy darajasi. Muammo shundaki, u uchuvchi sifatida har bir harakatimni oldindan bilardi”, — deydi Abramyan.

    Sovet—Xitoy chegarasida havo kemasi komandiri ikkinchi uchuvchini halokat signalini yoqishga ko‘ndiradi. Abramyan xitoyliklar samolyotni urib tushirishi mumkinligini aytgan. Bundan tashqari, ekipajga yaqin atrofdagi aerodrom koordinatalari noma’lum edi.

    “An-24”ning yonilg‘isi borgan sari tugab borardi. Abramyan Alimuradovni o‘zi tanlagan davlatga qadar yetib bora olmaslikka ishontirmoqchi bo‘lgan. Ammo ikkinchi uchuvchi o‘z talabida qat’iy turib olgan. Keyinroq komandir Xitoy hukumati tomonidan biror chora ko‘rilmaganidan hayratga tushganini tan olgan: u havoda qiruvchi samolyotlar paydo bo‘lishini kutgandi. Ma’lum bo‘lishicha, SSSR va Xitoy samolyotni hech qanday to‘siqlarsiz o‘tkazib yuborishga kelishgan.

    “Men hech narsadan qo‘rqmas edim, Abramyanning esa rangi oqarib ketdi. U bizni urib tushirishadi deb o‘ylardi, men uni tinchlantirmoqchi bo‘ldik, lekin u gaplarimni eshitmasdi”, — deydi Alimuradov.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Oxir-oqibat Abramyan radiokompasni Sitsikar aeroporti yo‘nalishiga to‘g‘rilash bo‘yicha ma’lumotlarni olgan. Ammo samolyotni qo‘ndira olmagan: hal qiluvchi onda radiokompos ko‘rsatkichi bir necha bor yo‘nalishini o‘zgartirgan. “An-24” parvozni yakunlash o‘rniga tog‘lar ustida aylanib yurgan.

    “O‘ylashimcha, xitoyliklar tog‘larda halokatga uchrashimiz uchun ataylab signalda nosozliklarni keltirib chiqargan. Sovet hukumatini yomonlashni istamayman-u, lekin biznikilar ham shuni xohlagan bo‘lsa kerak”, — deya eslaydi Abramyan.

    Qishloq xo‘jaligidagi tajribasi sabab u “An-24”ni chegaradan 500 kilometr naridagi sholi dalasiga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu vaqtga kelib bakdagi yonilg‘i yana yetti daqiqa parvoz qilishga yetadigan darajada qolgan edi xolos. Qattiq qo‘nishga qaramay, yo‘lovchilar orasida hech kim jarohat olmagan. Tez orada ularni Xitoy kuch tuzilmalari vakillari qurshab olgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari Xarbinga olib o‘tilib, u yerda Chitaga jo‘natilgan. Alimuradov esa Xitoy sudi tomonidan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

    1989-yilda Xitoy Alimuradovni SSSRda topshirgan. Yakutsk sudi uni yana besh yilga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan. Abramyan aviatsiya bo‘linmasidan bo‘shatilgan, SSSR tarqalgach Alimuradov yana aviatsiyaga qaytgan. 2010-yilga kelib u “Yakutiya” aviakompaniyasida yuqori lavozimlardan birini egallagan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    “Matbuotda Xitoy Alimuradovni topshirdi deb yozishmoqda. Bitta haqiqatni ochaman. Xitoy meni topshirmadi, aksincha, ular qolishim uchun barcha sharoitni yaratib berdi. Men Xitoy xalqi va hukumatini juda hurmat qilaman”, — deb yozgan Alimuradov.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Birinchi jahon kubogining o‘g‘irlanishi

    1983-yil 19-dekabr kechasi Rio-de-Janeyroda Jyul Rime mukofoti, Jahon chempionati g‘olibining kubogi o‘g‘irlab ketilgan edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Jyul Rimening kubogi avvalida “G‘alaba” deb nomlangan va dastlabki uchta jahon chempioni — urugvayliklar (1930-yil) va italiyaliklarga (1934, 1938) topshirilgan. Kubok qadimgi yunonlarning g‘alaba ma’budasi Nika haykali bo‘lib, qo‘lida qadah ko‘tarib turgan edi. “Oltin ma’buda”ning o‘g‘irligi 3,8 kilogrammni tashkil etgan.

    1970-yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan to‘qqizinchi Jahon chempionati yakunida Braziliya terma jamoasi ketma-ket g‘oliblik sovrinini uchinchi bor qo‘lga kiritgan, shundan so‘ng, o‘sha paytdagi qoidalarga muvofiq kubok g‘oliblar bilan abadiy qolgan.

    Ikkinchi jahon urushi boshlanganda Chempionat kubogini amaldagi 1938-yilgi jahon chempionlari — italiyaliklar saqlab qolgan va biroq ular qattiq talablarni bajarishi kerak edi. O‘shanda Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Ottorino Barassi xavfsizlik nuqtayi nazaridan kubokni seyfdan olib, uyiga — karavoti ostidagi etik ichiga yashirib qo‘ygan.

    Mukofot urushdan “eson-omon” o‘tib olgan, biroq 1966-yili Angliyada Jahon chempionati boshlanishiga uch oy qolganida uni o‘g‘irlab ketishgan. Hodisa kubok Buyuk Britaniyada ko‘rgazmaga qo‘yilganida sodir bo‘lgan. O‘g‘ri uni qaytarish uchun 15 ming funt sterling talab qilgan.

    Har ehtimolga qarshi kubokning aniq nusxasi yaratilgan, ammo o‘g‘irlikdan bir hafta o‘tib, “Oltin ma’buda” Londondagi bog‘lardan birining butalari orasidan topilgan. Noodatiy topilmaga Pikls laqabli it duch kelgandi.

    Va nihoyat uchinchi o‘g‘rilik Rioda sodir bo‘lgan. O‘shanda Braziliya uchinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritib, kubokni o‘z qo‘lida abadiy saqlash huquqini qo‘lga kiritgan. Kubok Braziliya futbol konfederatsiyasining qarorgohidan o‘g‘irlab ketilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Kechasi milliy g‘alaba kubogini birgina qorovul qo‘riqlardi. O‘sha qorovulni 1983-yil 20-dekabrga o‘tar kechasi to‘rt nafar jinoyatchi Braziliya futbol konfederatsiyasi binosiga kirib, kubokni olib ketgan. Keyingi bir necha yil ichida ularning barchasi qo‘lga olingan, ammo ular “Oltin ma’buda”ni nima qilishganini aytmagan.

    Versiyalardan biriga ko‘ra, jinoyatchilar kubokni eritgan yoki xususiy kolleksiyaga sotib yuborgan. Braziliyaliklar o‘zlari uchun xuddi shunaqa kubok nusxasini yasashga majbur bo‘lgan.

    Yangi va taniqli futbol kubogi 1974-yilgi futbol chempionati uchun qilingan. Kubok yaratishga tayyorgarlik ikki yil oldin boshlangan — bu safar Xalqaro futbol federatsiyasi chempionlik sovrinini yaratish uchun musobaqa o‘tkazishga qaror qiladi. 53 kompaniya bebaho sovrinning muallifi bo‘lish huquqi uchun tanlovda qatnashgan va g‘oliblik Bertoni badiiy rahbari bo‘lgan Silvio Gazzaniga ismli haykaltaroshga nasib etgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Yaponiya taslimidan keyin ham 30 yil partizanlik qilgan “so‘nggi samuray”, dengizga cho‘kib ketgan burg‘ilash platformasi va KXDRning “abadiy prezidenti”. Kun xronologiyasida 18-dekabr

    19.12.2022, 09:30   Izoh (1)   45911
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. dilmurodjon5041@gmail.com / 19.12.2022, 22:54

      tanlanganlar digan joyi qatga yoqolib qoldi?

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniya 2023-yilda Kiyevga 304 mln dollarlik o‘q-dorilar yetkazishga va’da berdi

    19.12.2022, 09:23

    SSSR sobiq bosh vaziri sovet ittifoqini qayta tiklash usulini aytdi

    19.12.2022, 09:06

    “Urush zudlik bilan tugashi kerak”: Yevroparlament rahbari Ukrainani ko‘proq qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga chaqirdi

    18.12.2022, 23:27

    “Wikipedia’dan qurolni qanday ishlatishni qidirganmiz”: rus askarlari Ukrainaga qanday jo‘natilganini aytib berdi

    18.12.2022, 23:00

    68 yil o‘tib: AQSHda “atom bombasining otasi” Oppengeymerga qo‘yilgan taqiq olib tashlandi

    18.12.2022, 22:15

    Rossiyalik oligarxlar Yevropa sudidan sanksiyalardan yetkazilgan zarar uchun tovon puli talab qilmoqda

    18.12.2022, 21:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.