“O‘ztemiryo‘lkonteyner” yangi temiryo‘l yo‘nalishi bo‘yicha Yevropaga yuklarni yetkazib berishni boshladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 16-dekabr kuni “OKMK” AJ yuklari ortilgan birinchi konteyner blok poyezdi Bolgariyaning Burgas portiga yuborildi.
Ushbu yuk poyezdi mis konsentratidan iborat 46 ta vagon va 91 dona 20-futlik konteynerdan tashkil topgan. Konteyner poyezdi O‘zbekiston—Turkmaniston—Ozarbayjon—Gruziya—Bolgariya/Yevropa yo‘nalishi bo‘ylab 4000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi.
Ushbu poyezd xorijiy hamkorlar — Turkmanistondan TLST OAJ, Ozarbayjondan ADY Container LLC va Gruziyadan GR Logistics and Terminals yordamida amalga oshirildi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonga Xitoy shahridan birinchi yuk poyezdi yo‘lga qo‘yildi
Izoh (0)