• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahrida avtobuslar harakati: muammolarga qanday yechim topilmoqda?

    Toshkent shahrida bugungi kunda mavjud avtobuslar yo‘lovchilarni haddan tashqari yuklama bilan tashimoqda, bekatlarda odamlarning ko‘p miqdorda to‘planib qolishi qayd etilmoqda, yo‘nalishlarning o‘zaro muvofiqlashtirilmagani esa odamlarning manzillarga kechikishiga olib kelmoqda. Shu sababdan ham poytaxtda yo‘lovchilar tashish samaradorligini va avtobus parkining texnik shayligini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilyapti.

    Poytaxt avtobus parklarining harakatlanuvchi tarkibini ko‘paytirish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar ko‘rilmoqda?

    • Yangi avtobuslar xarid qilish (138 dona) hisobiga parklarning harakatlanuvchi tarkibini ko‘paytirish ta’minlandi.
    • Poytaxtdagi 8 ta avtobus parkining transport vositalari (1 374 dona) texnik holati to‘liq tekshiruvdan o‘tkazildi (IIV, Milliy gvardiya, FVV ko‘magida).
    • 259 ta avtobus kapital ta’mirlashga yuborildi (32 tasi ta’mirlandi, qolgan 227 tasi 2022-yil yakuniga qadar ta’mirdan chiqariladi). Ushbu maqsadlarda 742 ta avtoshina va 280 ta akkumulyator, 259 ta avtobusni o‘rtacha ta’mirdan chiqarish uchun 530 ta butlovchi buyumlar xarid qilindi.
    • Ushbu tadbirlar, shu jumladan, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun poytaxt mahalliy budjetidan 5 mlrd so‘m ajratildi.
    • Transport vazirligi va SamAvto o‘rtasida avvalroq tuzilgan kelishuvga muvofiq, yangi avtobuslarni yetkazib berish boshlandi (2022 yil oxiriga qadar 50 ta avtobus yetkazib beriladi).
    • Avtobus parklarini yangi avtobuslar bilan ta’minlash va ularni qo‘shimcha qurilmalar (GPS trekerlar, kontaktsiz to‘lov validatorlari, videokameralar va videoni qayd etish qurilmalari) bilan jihozlash bo‘yicha grafik tuzildi.
    Bundan tashqari, avtobuslar yetishmovchiligi vazirliklar va idoralar, davlat va xususiy korxonalar avtobuslarini jalb qilish hisobiga vaqtincha kompensatsiya qilindi. Jami 204 ta avtobus qo‘shimcha ajratildi. Ushbu choralar yo‘lovchilar tashish samaradorligini oshirish, avtobuslarning qatnov oralig‘ini qisqartirish, shuningdek, aholining jamoat transportidan norozilik darajasini pasaytirish imkonini beradi.

    Mavzuga doir: Toshkentda avtobuslarning harakatlanish oraliq vaqti 25—30 daqiqadan 10-12 daqiqaga qisqarmoqda

    Haydovchilar tarkibini butlash

    Poytaxt avtokorxonalarining avtobus parklari o‘sishi tufayli haydovchilarning vakant lavozimlari sezilarli darajada ortib, hozirgi paytda 700 tani tashkil qilmoqda. “Toshshaharyo‘lovchitrans” AJ rahbariyatiga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida Toshkent shahri IIBB va IIV YHXBB tomonidan kompleks chora-tadbirlar rejalashtirilib, amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, xususan, ma’lumotlar bazalaridan “D” toifasiga ega bo‘lgan haydovchilar saralab olinib, “Toshshaharyo‘lovchitrans” AJ avtokorxonalariga ishga taklif qilinmoqda.

    Hozirgi paytda haydovchilik lavozimiga nomzodlarni (jami 2 425 nafar) saralash (suhbatlar o‘tkazish, ularning malakasini, shu jumladan, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarini tekshirish, shuningdek, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish) davom etmoqda. Saralash natijalariga ko‘ra har kuni 50–70 nafar haydovchi ishga qabul qilinayapti. Bugunga qadar 141 nafar xodim ishga olindi.

    B va C toifasiga ega bo‘lgan eng istiqbolli nomzodlar D toifasini olish uchun 105 kunlik malaka oshirish kurslariga yuborilmoqda. Jami 702 nafar haydovchini tayyorlash rejalashtirilgan.

    Mavzuga doir: Toshkentda avtobus haydovchilari oyligi ikki barobarga oshirildi

    Yangi turar joy tumanlariga avtobus yo‘nalishlarini tashkil qilish

    Poytaxt aholisining o‘sishi, yangi turar joy majmualarining barpo etishi hisobiga Toshkent shahrining kengayishi, shaharga Toshkent viloyatidan qo‘shimcha hududlarning qo‘shib berilishi mavjud avtobus yo‘nalishlarini va avtobuslar sonini ko‘paytirish hamda ularning harakat oralig‘ini qisqartirish zaruratini yuzaga keltirdi.

    Hozirgi paytda shaharda 148 ta yo‘nalish bo‘lib, shundan 34 tasi o‘ta katta yuklama bilan ishlamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 21 ta yangi yo‘nalish tashkil qilish mo‘ljallanmoqda.

    Avtobus yo‘nalishlari bilan qamrab olinmagan yo‘nalishlar va tumanlardagi holat bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalariga ko‘ra, eng yuqori yuklamaga ega yo‘nalishlarda avtobuslar sonini ko‘paytirish uchun katta sig‘imga ega avtobuslarni qayta guruhlashtirish choralari ko‘rildi. Buning natijasida ularda avtobuslar harakati oralig‘i qisqarib, yo‘lovchi tashish hajmi ortishi kutilmoqda.

    Yuqori yuklamaga ega yo‘nalishlarni to‘ldirish uchun yuborilgan avtobuslar o‘rniga yangilarini xarid qilish hamda vazirlik va idoralardan vaqtincha ijaraga olish hisobiga kichik sig‘imga ega avtobuslar yo‘lga qo‘yilmoqda. Yangi tashish yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida shaharning har bir tumanida qo‘shma ishchi guruhlar tashkil qilindi. Ular yo‘llardagi holatni tahlil qilmoqda, aholining ehtiyojini o‘rganib chiqmoqda, shuningdek, yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqmoqda.

    Mavzuga doir: “Bosh vazirga mart oyigacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelish bo‘yicha topshiriq berdim” — Shavkat Mirziyoyev

    Korxonalar infratuzilmasini takomillashtirish

    Shahar yo‘lovchi transporti ishining samaradorligini ta’minlashda avtobus parklarining zamonaviy infratuzilmasi muhim ahamiyatga ega. Mazkur obyektlarning joriy holati tahlillari shuni ko‘rsatdiki, ular zamonaviy talablarga mutlaqo javob bermaydi.

    Xususan, korxonalarda avtobuslarga texnik xizmat ko‘rsatish liniyalari, yonilg‘i quyish stansiyalari va yonilg‘i-moylash materiallari omborlari mavjud emas, borlari ham ma’nan eskirgan. Ular, shuningdek, avtobuslarga tezkorlik bilan yonilg‘i quyish bo‘yicha qo‘yilayotgan vazifalar hajmiga dosh berolmayapti. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha mavjud punktlar harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun zarur uskunalar va texnik vositalarga ega emas.

    Yuvish va texnik ko‘rik punktlari zamonaviy talablarga mos kelmaydi, ular o‘tgan asr talablari darajasida jihozlangan. Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularga instruktaj hamda malaka va kasbiy bilimlarini oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tish uchun shart-sharoitlar birorta avtokorxonada ham butunlay mavjud emasligiga alohida e’tibor qaratish lozim.

    Shuningdek, ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar, xususan, haydovchilarning xordiq chiqarishi uchun xona, sanuzellar, dush xonalari yo‘qligi ham qayd etildi. Haydovchilar tarkibining avtokorxonalar hududida ovqatlanishi masalasi butunlay e’tibordan chetda qolgan. Chunki haydovchilarning ish vaqti tong sahar 5:00 da boshlanib, taxminan 23:00 da tugaydi.

    Mavzuga doir: Poytaxtda jamoat transportiga qo‘shimcha avtobuslar qo‘yiladi

    Ijtimoiy himoya

    Haydovchilar tarkibini ijtimoiy himoya qilish masalalariga deyarli ahamiyat berilmagani yaqqol ma’lum bo‘ldi. Yig‘ilib qolgan ko‘plab muammolar, shu jumladan, munosib ish haqi, dam olish uchun shart-sharoitlar yaratish, moddiy normativlar va imtiyozlarni belgilash kabi masalalarni o‘rganish bo‘yicha alohida ishchi guruh tashkil qilindi.

    Mavzuga doir: Toshkentdagi avtobus bekatlarining ahvoli ayanchli ekani aytilgan xabarlarga izoh berildi

    Poytaxtning yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish

    Toshkent shahrining mahalliy budjeti hisobidan moliyalashtirishni ta’minlagan holda ko‘chalarni qismlarga ajratib rekonstruksiya qilish orqali 36 ta transport yo‘lagida umumiy uzunligi 475 km bo‘lgan shahar jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘llarni tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish zarur.

    Shuningdek, o‘tkazish va tashish hajmlarini oshirish uchun chorrahalarda (jami 435 ta), xususan, jamoat transporti uchun muammoli uchastkalarda rekonstruksiya ishlariga e’tibor qaratish lozim (ikkala yo‘nalishdagi tadbirlar uchun 2023–2025-yillarda taxminan 1,9 trln so‘m).

    Bunda avtobus bekatlarini zarur xavfsizlik darajasi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini, shu jumladan, transportning bir turidan boshqasiga almashish uchun shart-sharoitlar yaratish, taksi yo‘lovchilarini tushirib-chiqarish uchun alohida ajratilgan joylar barpo etilishini ta’minlash, harakatlanishi qiyin bo‘lgan yo‘lovchilar uchun to‘siqsiz muhit yaratishni inobatga olgan holda rekonstruksiya qilishga ahamiyat qaratish talab etilmoqda (2023-yilda 260 ta bekat).

    Metro liniyasi bilan bog‘liq yirik transport almashinuv tugunlarini rekonstruksiya qilish masalasini ham hisob olish kerak (jami 10 ta). Bunda poytaxt mahalliy budjetidan mablag‘lar ajratiladi.

    Mavzuga doir: Toshkentda yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etildi

    AKTni joriy qilish

    Hozirgi paytda poytaxt yo‘lovchi tashish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlangan. Xususan, barcha yo‘nalishlardagi ahvolni, avtobuslar harakati va buzilib qolishi, ular harakatidagi oraliq masofa va boshqa masalalar ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi yagona kompyuterlashtirilgan dispetcherlik punkti tashkil etilgan.

    18.12.2022, 20:28   Izoh (0)   9361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani aytilmoqda

    18.12.2022, 19:47

    UzAuto Motors hamsohibi bo‘ling: endi aksiyalarni bir necha daqiqada sotib olish mumkin

    18.12.2022, 19:45

    Toshkent viloyatidagi avtoturargohda neft mahsulotlari fuqarolar hayotini xavfga qo‘ygan holda saqlanayotgani aniqlandi

    18.12.2022, 19:28

    Ohangaronda Spark haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

    18.12.2022, 17:51

    O‘zbek adibi Sobir O‘nar 58 yoshida vafot etdi

    18.12.2022, 16:06

    Yunusoboddagi metro fojiasiga 3 yil to‘lsa-da, yaralar bitmagan, va’dalar bajarilmagan (foto va video)

    18.12.2022, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.