• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Meni yolg‘onchiga chiqarmang” – deputat Doniyor G‘aniyev UzAvto Motors masalasida vazir o‘rinbosari javobiga e’tiroz bildirdi

    Bugun, 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yig‘ilishida 2022-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.

    Majlisda deputat Doniyor G‘aniyev Moliya vazirligidan budjetdan avtomobil korxonalari utilizatsiya yig‘imlarini qoplab berish uchun 225 milliard so‘m qo‘shimcha subsidiya berilishi qanchalik mantiqli ekani haqida so‘radi.

    Doniyor G‘aniyev

    Doniyor G‘aniyev
    Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

    “Xarajatlardan biri xorij mamlakatlariga eksport qilinayotgan avtomobil sanoati korxonalari transport xarajatlari uchun deb aytildi. Lekin tushuntirish xatida ko‘rish mumkinki, bu mablag‘lar transport xarajatlari emas, utilizatsiya xarajatlari uchun. Ya’ni eksportga yuborilgan davlatlar tariflari bo‘yicha belgilangan utilizatsiya yig‘imlarini qoplab berish uchun qo‘shimcha 225 milliard so‘m ilgari surilyapti. Lekin bundan oldingi muhokamalarda qayta-qayta aytdikki, hozirgi iqtisodiy holat fiskal xarajatlarimizni tartibga solish va optimallashtirishni talab etmoqda. Chunki iqtisodiy o‘sish avvalgidek emas.

    Geosiyosiy vaziyatni hammmamiz ko‘rib turibmiz. Lekin shunday vaziyatda ham negadir eksport qilayotgan avtomobil sanoat korxonalari, asosan ikkita monopol korxonani subsidiya bilan qo‘llab-quvvatlayapmiz.

    Eng yomoni, oddiy qilib tushuntirganda biz bu mablag‘lar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘sha eksport qilinayotgan mamlakat fuqarolarini cho‘ntagiga pul solyapmiz. Ya’ni utilizatsiya yig‘imini qoplab berish orqali eksportga yuborilayotgan avtomobilni sotib olayotgan rossiyalik yoki beloruslik xaridorga avtomobil narxining arzon bo‘lishini ta’minlayapmiz.

    Bu bugungi kunda qanchalik ustivor? Boshqa xarajatlarni qisqartirayotgan paytda, to‘g‘ridan to‘g‘ri monopol korxonalarni xorijdagi mijozi sotib oladigan mashina arzon bo‘lishi uchun 225 milliard so‘m qo‘shimcha subsidiya berishimiz qanchalik mantiqli”, – deya savol berdi deputat.

    Bunga javoban, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov bu masala noto‘g‘ri talqin qilinayotganini aytdi.

    Ilhom Norqulov

    Ilhom Norqulov
    Foto: Telegram

    “Bu masalaga biroz aniqlik kiritmoqchi edim. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda ham sal noto‘g‘ri talqini chiqib ketdi. Fraksiyalar yig‘ilishida bu savolga javob berilgan. Bu yerda utilizatsiya bo‘yicha yig‘im qaytarib berilmayapti, balki 2020—2022-yillarda mamlakatimiz eksportyorlari, faqat avtomobil eksportyorlari emas, tekstil korxonalari va boshqa asosiy eksport bozoriga chiqayotgan korxonalarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun transport xarajatlarini kompensatsiya qilib berish nazarda tutilgan.

    Va uni manbalari utilizatsiyadan tushadigan pullar deb ko‘rsatilgan. Bir narsani aytish kerak, qanchalik adolatli deyapsiz. Bu yerda avtosanoat haqida gap ketmayapti. Hozir hatto dengizga chiqish imkoniyati bor davlatlar ham raqobat bozorida o‘zlarini eksportyor korxonalariga transport bo‘yicha subsidiyalarni bermoqda.

    Shu nuqtayi nazaridan mazkur siyosat qilingan. Qo‘yilayotgan pul mablag‘lari faqatgina 2022-yilga emas, oldingi yillar uchun ham yig‘ilib kelingan kompensatsiya uchun talab hisoblanadi”, – dedi vazirlik rasmiysi.

    Doniyor G‘aniyev javobga e’tiroz bildirib, vazir o‘rinbosaridan deputatlarni masalani noto‘g‘ri tushungan qilib ko‘rsatishga urinmamaslikni so‘radi.

    “Men bu javobga juda ham katta e’tiroz bildiraman. Bu javob bilan hozir meni to‘g‘ridan to‘g‘ri yolg‘onchiga aylantiryaptilar. Istasangiz tushuntirish xatini o‘qib berishim mumkin. Bu yerda hech qanaqa transport xarajatlari, tekstil yoki boshqa sohadagi eksportyolar haqida gap ketmayapti.

    Ular uchun alohida eksportga ko‘maklashish jamg‘armasi bor va u umuman boshqa jamg‘arma. Fraksiyada sizning hamkasbingiz qaysi korxonaga qancha pul ketayotganini aytib bergan. Ya’ni UzAuto‘ga bir yuz qanchadir milliard so‘m, Samarqadagi og‘ir yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan korxonaga 87 milliard so‘m chiqayotganini aytdi.

    Siz meni yolg‘onchi qilayapsiz. Men vazir qo‘l qo‘ygan tushuntirish xatini o‘qib beryapman. Qanqasiga javobni chalg‘ityapsizlar? Bu yerda hamma o‘qishni biladi. Jamoatchilik oldida bizni noto‘g‘ri tushungan qilib ko‘rsatish o‘rniga to‘g‘ri javobni beraqolinglar”, – dedi Doniyor G‘aniyev.

    Ilhom Norqulov mazkur masala yuzasidan alohida uchrashuv tashkil qilish taklifini berdi.

    “Doniyor aka, yana bir marta tushuntirish berib ketmoqchiman. Men uzr so‘rayman. Boshida aytdim sizga, bu savol-javob bo‘yicha u yerda noto‘g‘ri tushunish bo‘lgan. Bu narsani biz ham ichkarida muhokama qildik. Va buni Moliya vazirligi va tegishli korxonalar bilan gaplashib sizga aniqlashtirilgan javobni beryapmiz. Agar bo‘ladi desangizlar, ruxsat bersangizlar, bu masala bo‘yicha alohida uchrashuv qilib, izoh va tushuntirish berishga tayyormiz”, – deya so‘zni yakunladi vazir o‘rinbosari.

    Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2023-yilda O‘zbekistonda kutilayotgan muhim iqtisodiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot bergandi.

    19.12.2022, 21:32   Izoh (0)   22729
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda elektromobillar uchun qator soliq imtiyozlari beriladi

    19.12.2022, 20:52

    O‘zbekistonda elektromobil va gibrid avtomobillar 2030-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi

    19.12.2022, 20:26

    O‘zbekistonga o‘tgan 11 oyda olib kelingan elektromobillar soni ma’lum qilindi

    19.12.2022, 20:20

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga subsidiya berish onlayn tizimga o‘tkaziladi

    19.12.2022, 20:14

    Qashqadaryoda 23 yoshli homilador kelin o‘zini osib o‘ldirgani aytilmoqda

    19.12.2022, 19:49

    “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bu o‘zgarishni sezmaydi” — Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgarishi haqida

    19.12.2022, 19:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.